“Capton energy” kompaniyasi O‘zbekistonning energetika bozoriga kirishga qiziqish bildirmoqda, xabar beradi “Dunyo”.

Kompaniya mamlakatda energetika va boshqa sohalar yuzasidan hamkorlik qilish uchun istiqbollar kengligini ta’kladi.

Unga ko‘ra, kichik hajmdagi quyosh energiyasiga asoslangan energetika loyihalarini amalga oshirish hamda avtomobillarga energiya berish shoxobchalari tarmog‘ini tashkil etish istagida.

Bu borada kompaniya vakillarining O‘zbekistonga tashrifi kelishilgan.

Kompaniya haqida

Capton energy” 2021-yilda tashkil etilgan.

Kompaniya missiyasi elektr energiyasidan foydalanishda toza va ishonchli energiyaga erishish, shuningdek, innovatsion quyosh yechimlari va investitsiyalar orqali global miqyosda elektrlashtirishni amalga oshirishga qaratilgan.

Uning bosh qarorgohi BAAda joylashgan. Yaqin Sharq, Afrika va Osiyoning energetika bozorida hamkorlik olib boradi.