Yil davomida tadbirkorlar oʻzlarining shaxsiy hayoti va bizneslariga ta’sir koʻrsatgan kitoblar bilan oʻrtoqlashdi.

“Spot” yil yakunlarini sarhisob qilib, mamlakat ishbilarmonlari tavsiya qilgan mashxur 5 ta kitobni tanladi.


“Sapiens. Insoniyatning qisqacha tarixi”, Yuval Nuh Harari

Kitob global savollarga oddiy javoblar beradigan zamonaviy ilmiy-ommabop adabiyotning eng yaxshi namunasi hisoblanadi, deydi “AKFA Group” rahbari Kamran Gulamov o‘z fikrlarini bildirarkan.

“OSON” to‘lov tizimi asoschisi va bosh direktori Farhod Mahmudov u haqida shunday deydi:

“Bu kitobni birinchi marta o‘qiy boshlaganimda, u tarixni buzyapti deb o‘yladim. Hatto uning mutolaasini tashlamoqchi ham bo‘ldim, lekin yarmini yengib o‘tib, o‘qish burchagini o‘zgartirdim, muallif taklif qilgan g‘oyaga fintech tamoyillari orqali yondashdim”.

Va nihoyat, men bu insoniyat uchun eng dolzarb bestseller ekanligini angladim, chunki u ketma-ket algoritmlar nuqtai nazaridan hikoyani mukammal tarzda bayon qiladi.

Menimcha, umumiy tarixning ko‘p qismi buzib ko‘rsatilgan. Ushbu nashr bizga tanish bo‘lgan ko‘plab tarixiy syujetlarni yo‘q qiladi, lekin ayni paytda o‘ziga xos juda mantiqiy syujetni yaratadi.

“Menimcha, bu kitob o‘quv dasturining muhim qismi bo‘lishi mumkin, chunki u tanqidiy fikrlashni o‘rgatadi”, — deydi Farhod Mahmudov.


“Boy ota, kambag‘al ota”, Robert Kiyosaki

“Har kim o‘z farzandiga bilganicha taʼlim-tarbiya beradi. Bu borada hammaning o‘z qarashi bor. Аmmo kelajak kimning yo‘li to‘g‘riroq ekanini, albatta, ko‘rsatadi. Mazkur kitobda boy va kambag‘al toifadagi otalarning fikr-mulohazalari, bu xususdagi tamoyillari keltirilgan”, — deya ta’riflaydi “Das Team” konsalting firmasi va “Te Amo Travel” agentligi asoschisi Olimjon Obidov.

“AKFA Group” rahbari Kamran Gulamov esa mazkur kitob haqida quyidagi fikrlarni bildirgan.

Odamlar Robertning qoidalari va maslahatlari haqiqatda qo‘llanilmasligini va ular muallifning o‘zi bir vaqtlar bankrot bo‘lganini aytishadi.

Ammo bu kitob moliyaviy savodxonlik asoslarini o‘rganmoqchi bo‘lgan har bir kishi uchun foydali bo‘ladi. Mazkur kitob o‘quvchining pulga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi.

“Xa, Kiyosaki aniq yechimlar bermaydi, lekin bu sizga shart ham emas. Sizning harakatlaringiz va ko‘nikmalaringiz buxgalteriya hisobi, sarmoya va qonunchilikni bilish hisoblanadi.

Bularning barchasi birgalikda vaqt o‘tishi bilan aktivlaringizni ko‘paytirib, pulni oqilona sarflashga imkon beradi.

Bu tadbirkorlar va rahbarlar uchun o’qishga arziydigan biznes adabiyoti klassikasi, deb hisoblaydi “Greenhouse Company” asoschisi Murat Barayev.

kitoblar tavsiyasi


“Alkimyogar”, Paulo Koelo

“Taqdir alomatlari bizni yaxshiroq narsaga yetaklaydi va shu yo‘l bilan maqsadimizga erishamiz, shunchaki ularni ko‘ra bilishimiz kerak”, — deydi “La Sposa” asoschisi Yulduz Mavlyanova.

“AKFA Group” rahbari Kamran Gulamovga ko‘ra, roman o‘quvchilarni o‘z taqdiriga ergashishga o‘rgatadi. Asarda bu eng oliy maqsad va baxt sifatida ko‘rsatilgan.

“Alkimyogar” chuqur falsafiy ma’noga ega ajoyib kitobdir. Unda muallif o‘z hayotiy tajribasi haqida gapiradi, hayot mazmuni haqida fikr yuritadi, o‘quvchini sevgi haqidagi tushunchasi bilan tanishtiradi va maqsadlarga erishish haqida gapiradi.

Kitob o‘z yo‘lini topa olmay chorrahada qolganlarga javob berib, taqdir belgilariga e’tibor berish kerakligini va ba’zida izlayotgan narsa yaqin joyda ekanligini yodda tutish kerakligini tushuntiradi.


“Kichkina shahzoda”, Antuan de Sent-Ekzyuperi

“Menimcha, uni o‘qigan har bir kishi yaxshi ko‘radi. Har safar men shahzodaning ba’zi iboralarini yangi rakursdan o‘rganaman, ularni tajribamdan o‘tkazaman”, — deydi “OSON” to‘lov tizimi asoschisi va bosh direktori Farhod Mahmudov.

Bolaligimda bu sahrodagi yolg‘iz shahzoda haqida juda qayg‘uli kitob deb o‘ylardim. Yoshim ulg‘aygach, bu hayot va inson bo‘lib qolish qanchalik muhimligi haqidagi hikoya ekanligini angladim.

Menga eng muhimi, yulduzga aylanish uchun birinchi bo‘lib yulduzlarni kashf etish va o‘zini ularning egasi deb atash muhim deb o‘ylagan ishbilarmon inson obrazining yoritib berilishi yoqadi.

Ilgari texnologiyani birinchi bo‘lib yaratsangiz, rivojlanishning egasi bo‘lasiz, deb ko‘r-ko‘rona ishonardim.

Ma’lum bo‘lishicha, siz nafaqat ustunlikka intilishingiz, balki qilayotgan har bir narsangizni qadrlashingiz kerak.

Voyaga yetganimda, asar qahramoni bilan bo‘limlarni qayta o‘qib chiqib, ishimda qanchalik xato qilganimni angladim.

kitoblar tavsiyasi


“Sherlok Xolms”, Artur Konan Doyl

Birinchi navbatda detektiv janr klassikalari boʻlmish — Artur Konan Doylning “Sherlok Xolms” haqidagi hikoyalarini tavsiya qilaman, deydi “Tatil.uz” asoschisi Alisher Mirahmedov

Nazarimda, bu adabiy qahramon har birimiz uchun har tomonlama rivojlangan shaxs namunasi bo‘la oladi. Uning afaqat ishchanligi, zukkoligi, balki yaxshi insonga xos fazilatlari, xususan, adolatga intilishi ham o‘ziga jalb etadi.

Asarni talabalik yillarimda o‘qiganman. U meni kuzatuvchan bo‘lishga, mayda-chuydalarga ham e’tibor berish va tegishli xulosalar chiqarishga o‘rgatdi.

O‘ylaymanki, barchaning e’tiboriga loyiq, bir necha bor qayta o‘qiladigan asar.