IT-sohasida o‘zbekistonlik qizlar — Sevinch Najmitdinova hikoyasi

U Spot bilan suhbatda faoliyati, IT-sohasida qizlar qanday ishlay olishi va bu sohani o‘rganmoqchi bo‘layotganlar nima qilishi kerakligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Prezident farmoni bilan vazirlik va mustaqil maqomga ega idoralar soni qisqartirilmoqda

Shuningdek, vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 573 nafarni tashkil etadi.

hafta yakuni, yangiliklar


IT bo‘yicha 5 ta kitob: Angular

Ushbu to‘plam Angular platformasini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Dekabr oyida Toshkentdagi uy-joylar ijara narxi deyarli o‘zgarmadi

Biroq, yil boshidan buyon ijaraning o‘rtacha narxi qariyb 35%ga oshgan. Eng yuqori ijara narxi Shayxontohur, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida qayd etildi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekiston qanday qilib o‘z elektromobillarini ishlab chiqarishga o‘tmoqda

Spot qaysi kompaniyalar elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani va qaysilari o‘z maqsadiga erishishga yaqinroq qolganini aniqladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi.
    Sovuq ob-havo tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga ko‘ra, 12-yanvardan boshlab O‘zbekistonga gaz eksporti to‘xtatilgandi.
  2. Alisher Usmonov pensiyaga chiqishi kutilmoqda — OAV.
    Tadbirkor Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi rahbari nomiga yozgan arizasida pensiyaga chiqishi va faol mehnat faoliyatini yakunlaganligini ma’lum qilgan.
  3. Oyiga $1000 gacha topayotgan 17 yoshli andijonlik IT-mutaxassis Muhammadjon Qobuljonov hikoyasi.
    U 13 yoshida dasturlashga kirib kelgan, hozir esa o‘quv markazida IT bo‘yicha ta’lim bermoqda.
  4. Tadbirkorlarning bank hisobvarag‘idagi mablag‘lar daxlsizligi bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi.
    Unga ko‘ra, bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yishda ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilanmoqda.
  5. 2022-yilda O‘zbekiston avtomobil bozori qanday o‘zgardi.
    Yil davomida sotuvlar soni 87%ga oshib, 1,4 mln avtomobilni tashkil etdi.
  6. Oʻzbekistonlik talabalar uchun innovatsion gʻoyalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.
    Unda ishtirok etish uchun 1-fevralgacha roʻyxatdan oʻtish kerak.
  7. Yandex neyron tarmoqlarga arxiv yozuvlarini o‘qishni o‘rgatdi.
    Algoritm qo‘l yozuvi xususiyatlarini hisobga oladi, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan harflarni va arxiv hujjatlarining maxsus tuzilishini tushunadi.
  8. Facebook va Instagram Trampning akkauntlarini blokdan chiqarishga qaror qildi.
    Sobiq prezidentning akkauntlari 2021-yilning yozida uning tarafdorlari Kapitoliyni egallab olganidan keyin ikki yilga bloklangandi.
  9. UzAuto Motors bir nechta modellar uchun shartnomalar berishni qayta tikladi.
    Ular qatorida Malibu, Equinox, Traverse kabi avtomobillar mavjud bo‘lib, QQSning pasayishi hisobiga shundan faqat Malibuning narxi arzonlashgan.
  10. Shveysariyaning ETH Pioneer akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
    Ishtirokchilarning barcha xarajatlari qoplanadi hamda loyihalarni moliyalashtirish uchun $162 ming miqdorida mablag‘ ajratiladi.