Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumotlariga koʻra, dekabr oyida avtomobil bozorida faollik sezilarli pasayganiga qaramay, 2022-yil uchun Oʻzbekistonda avtomobillar savdosi rekord darajada oʻsdi.

Dekabr oyida 2021-yilning boshida boshlangan savdoning o‘sish tendensiyasi to‘xtatildi. Biroq, 2022-yilning so‘nggi oyidagi faolikning pasayishiga qaramay, avtomobillarga talab ancha yuqoriligicha qolmoqda.

Yil davomida sotuvlar soni rekord darajada 87%ga o‘sdi va 1,4 mln.ta avtotransport vositasini tashkil etdi, bu 2021-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.

Dekabr oyida sotilgan avtomobillarning umumiy soni noyabr oyiga nisbatan 32%ga kamaygan holda 107 mingtadan oshdi.

“UzAuto Motors” tomonidan Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillari bilan shartnoma tuzishning vaqtincha to‘xtatilishi avtomobil bozoridagi faollikning pasaytiruvchi omillaridan biri bo‘ldi.

avtomobil bozori, birlamchi bozor, ikkilamchi bozor

Umuman olganda, respublikada yil boshidan buyon avtomobillar savdosi 2021-yilning shu davriga nisbatan 2 baravar oshdi.

Birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

Dekabr oyi birlamchi avtomobil bozorida sotuvlarning sezilarli darajada kamayishi bilan ajralib turdi, bir oy ichida ro‘yxatga olingan avtotransport vositalari soni 50%ga kamaydi. Shu bilan birga, 2021-yilning shu davriga nisbatan pasayish deyarli 40%ni tashkil etdi.

avtomobil bozori, birlamchi bozor, ikkilamchi bozor

Ikkilamchi avtomobil bozorida sotuvlarning pasayishi birlamchi bozorga qaraganda yuqori bo‘lmadi. Shu bilan birga, ikkilamchi avtomobil bozori yil davomida ikki baravar oshdi.

2022-yilning dekabr oyida ikkilamchi bozorda 91 mingdan ortiq avtotransport vositalari sotildi, bu noyabr oyiga nisbatan 28%ga kam.

Umuman olganda, 2022-yilda birlamchi bozorda 312 mingdan ortiq avtotransport vositalari sotilgan, bu yilga nisbatan 46%ga ko‘pdir. Ikkilamchi bozorda 1,1 mlnta avtotransport vositalari sotildi, bu 2021-yilga nisbatan 2,4 baravar ko‘p.

Mahalliy yengil avtomobillar va xorijiy avtomobillarning birlamchi bozori

Dekabr oyida mahalliy brendlarning yangi yengil avtomobillari savdosi 2021-yilning shu davriga nisbatan 40%ga kamaygan holda 13,4 mingtani tashkil etdi.

avtomobil bozori, birlamchi bozor, ikkilamchi bozor

Dekabr oyida chet elda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarning sotuvi sezilarli darajada 53%ga kamaydi va 1,4 mingtani tashkil etdi, 2021-yilning shu davriga nisbatan pasayish 43%ni tashkil etdi.

2022-yilda mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosining o‘sishi 268 mingtadan oshdi, bu 2021-yilga nisbatan qariyb 49%ga ko‘pdir. Umuman olganda, yil davomida O‘zbekiston yangi xorijiy avtomobillar bozori 35%ga o‘sib, 18,4 ming donani tashkil etdi.


Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti 2022-yil uchun O‘zbekistondagi ikkilamchi avtomobil bozorining tahlil qilgandi.