The Dubai Mall va Emaar Square Mall kabi dunyoda mashhur bo‘lgan binolar va xalqaro darajadagi ko‘plab ofis loyihalariga imzo chekkan, dunyodagi eng yirik me’morchilik idoralaridan biri bo‘lgan Singapurlik DP Architect tomonidan ishlab chiqilgan Trilliant — Toshkent qalbidagi noyob joylashuvi va qadimiy meʼmoriy xususiyatlari bilan xalqaro miqyosidagi A+ Business Park loyihasidir.

Ofis va mexmonxonadan chakana savdogacha, sportdan hordiq chiqarishgacha bo‘lgan aralash foydalanish modeli Trilliantni ofis loyihasidanda yuqori standartlarga va qulayliklarga ega biznes markaziga aylantirmoqda. 14 va 17 qavatli ikkita ofis minorasi, 17 qavatli mehmonxona minorasi, kongress markazi, restoran va kafelarni o‘zida jamlagan Trilliant Toshkentning ijtimoiy hayot va biznes olami uchun muhim diqqatga sazovor markazlaridan biri bo‘ladi.

Ofislarni ijaraga berish jarayoni boshlandi

Trilliant loyihasida maydoni 15 795 kv. m bo‘lgan ofis ijaraga beriladi. Ijaraga berish uchun mo‘ljallangan 14 qavatli ofis minorasida 141 ta A toifali ofislar mavjud bo‘lib, ijarani Trilliant savdo ofisi amalga oshiradi. Ijara uchun taklif etilayotgan ofislar 67 kv. m 1460 kv. m orasida bo‘ib, loyihadan ofis ijaraga olgan kompaniyalar dizayn va tamir ishlarini darhol boshlashlari mumkin. Trilliant loyihasidan joy olgan dunyoning katta mehmonxona tarmoqlaridan biri bo‘lgan InterContinental Hotels qisqa vaqt ichida eshiklarini ochadi, shunday ekan ofis hayoti va ijtimoiy hayotning sezilarli darajada gavjum va aktiv bo‘lishi kutilmoqda. Loyiha hududida 2 ta restoran pavilioni o‘z mehmonlariga lazzatli taomlarni taklif qiladi va ayniqsa kechki ziyofatlar uchun nafis muhit yaratadi.

реклама

Xalqaro standartlarga ega ofis, mehmonxona va ijtimoiy hayot majmuasi sifatida tashkil etilgan Trilliant ofis aholisiga sog‘lom, qulay, atrof-muhit va ijtimoiy hayotga qo‘shimcha qiymat qo‘shishni maqsad qilgan. Loyiha, majlis xonalari bo‘lgan kongress markazi va dunyoga mashhur hashamatli brendlar joylashgan ko‘cha bilan barcha mahalliy va xorijiy xodimlarning ehtiyojlarini qondiradigan tarzda hayotga tadbiq qilinmoqda.

реклама

LEED Gold sertifikat nomzodi

O‘zbekiston ishbilarmonlik olamining kelajakdagi ehtiyojlarini ko‘zlagan holda tayyorlangan loyiha xalqaro standartlardagi ofisning barcha talablarini hisobga olgan holda unga mos ravishda qurilgan. Kunduzgi yorug‘likdan maksimal samaraga ega bo‘lgan jabhasi, ochiladigan derazalari, 4,38 m shift balandligi, qavatlarni 1,5 soniyada o‘zgartiradigan Otis brendli lifti va boshqa ko‘plab innovatsion xususiyatlarga ega ishlash va motivatsiyaga yo‘naltirilgan arxitekturaga ega Trilliant materiallarda sifat va tajribada imtiyoz bilan hashamatning haqiqiy ta’rifini ochib beradi.

Trilliant, barqaror rivojlanish sohasida dunyoda qabul qilingan yuqori xalqaro akkreditatsiyalardan biri bo‘lgan LEED Gold sertifikati talablariga muvofiq ishlab chiqilgan. So‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan va malakali mutaxasislar tomonidan ishlab chiqilgan ofis minorasi, barcha boshqaruv tizimlarini bir tom ostida birlashtirib, zamonaviy barqarorlik standartlari bilan faoliyat boshlamoqda. O‘zbekistondagi birinchi LEED Gold sertifikati loyihasi bo‘lishga nomzod bo‘lgan Trilliant o‘zining kam energiya iste’moli, barqaror landshaft maydoni, avtomobillarni zaryadlash stansiyalari, qayta ishlash va chiqindilarni boshqarish tizimlari va aqlli ventilyatsiya texnologiyalaridani foydalanadi va shu bilan bir qatorda operatsion xarajatlarni kamaytiradi.

реклама

Telefon: (+998) 71−205−59−95.

E-mail: info@trillianttashkent.uz
Facebook: fb.com/trilliant.uz
Instagram: Instagram.com/trilliant.uz
Telegram: t.me/trilliant_uzb

Reklama huquqlari asosida.