Davlat kompaniyalarining IPOsi muvaffaqiyatli o‘tishi uchun davlat mazkur tashkilotlarga aksiyador sifatida qarashi, ularning faoliyatiga aralashmasligi zarur.

Bu haqda Samarqandda o‘tkazilgan YeTTB forumida “Toshkent” fond birjasi boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili qayt etdi. U ulushlari “xalq IPO"si orqali sotilishi rejalashtirilgan 40 ta yirik kompaniya ro‘yxati tasdiqlanganini eslatdi.

“Bu kompaniyalarning IPOsi muvaffaqiyatli o‘tishi uchun investorlar haqida eslash kerak. Shuni yodda tutish kerakki, ular pul ishlash uchun IPOga sarmoya kiritmoqdalar. Bu xayriya emas (garchi ba’zilar shunday bo‘lishini xohlasalar ham), — dedi Paresishvili.

Shuningdek, birja rahbari, muvaffaqiyatli IPO uchun zarur bo‘lgan omillarni sanab o‘tdi. Georgiy Paresishvilining ta’kidlashicha, emitentning sifatiga e’tibor berish va bu kompaniyalarni hukumat aralashuvidan himoya qilish zarur.

“Agar siz bank bo‘lsangiz, oxirgi narsa — hukumat qanday kredit berishni, kimga va qanday shartlarda taqdim etishni ko‘rsatishdir. Siz to‘lovga layoqatsiz kompaniyalar yoki jismoniy shaxslarga qarz berishingiz mumkin. Bu kreditning qaytarilmasligiga olib keladi va bank foydasiga ta’sir qiladi”, — dedi u.

Agar bu bank bo‘lmasa, unda kompaniya samarali bo‘lmasligi mumkin, chunki hukumat olib kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolar tufayli odamlardan ishdan bo‘shamasliklarini so‘raydi.

Ehtimol, kompaniya xodimlarining yarmi bilan bir xil ishni bajarishi mumkin, lekin xodimlarni qisqartira olmaydi, chunki u ijtimoiy mas’uliyatga ega.

“Bu tushunarli, men hukumatni tanqid qilmayapman. Shunchaki, davlat kompaniyalarini xususiylashtirish haqida gapirganda, bu muammolarni hisobga olish kerakligini aytyapman”, — dedi Georgiy Paresishvili.

Shuningdek, u IPOga tayyorlanayotgan davlat tashkilotlarini xususiy kompaniyalar kabi boshqarish kerakligini qo‘shimcha qildi. Ya’ni, hukumat ularga aksiyador sifatida qarashi va kompaniyaga qancha odam yollash, qanday loyihalarda ishtirok etish va hokazolarni ko‘rsatmasdan, aksiyadorlar daromadini oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni qilishga ruxsat berishi kerak.

Boshqa omillar qatorida, birja rahbari davlat kompaniyalarining vakolatli boshqaruvi, ESOPni (xodimlar aksiyalarga egalik huquqini oladigan dastur — “Spot” taxmini) joriy etilishini ham ta’kidladi.

“Biz g‘ildirakni qayta ixtiro qilishimiz shart emas. Bu chora-tadbirlarning barchasi ko‘p yillar davomida amalga oshirildi. Biz faqat shu yo‘ldan borishimiz kerak va bu muvaffaqiyatli IPOga olib keladi, deb o‘ylayman”, — deya xulosa qildi Paresishvili.

Avvalroq “Xalq IPO"sini o‘tkazish bo‘yicha konsultantlarni tanlash boshlangani haqida xabar berilgandi. Davaktiv agentligi 1-iyungacha loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan kompaniyalar takliflarini qabul qiladi.