O‘zbekiston iqtisodiyot va sanoat sohasida band bo‘lgan xotin-qizlar ulushi 46%ni tashkil etadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida mazkur ko‘rsatkich 77%ni tashkil etadi.

Shu bilan birga, davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar soni 2 mingtani tashkil etgan.

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan xotin-qizlar soni 6 barobarga ko‘paydi, deyiladi xabarda.

Bunda, bakalavr yo‘nalishida o‘qiyotgan xotin-qizlar ulushi 38%dan 49%ga, magistratura bosqichida o‘qiyotganlar esa 37%dan 50%ga ortgan.

Avvalroq to‘rt oyda qariyb 1 mlnga yaqin o‘zbekistonliklar ish bilan ta’minlangani ma’lum bo‘lgandi. 46 mingdan ortiq aholi tayyorlov va malaka oshirish kurslariga jalb qilingan. Ular asosan xizmat ko‘rsatish, qurilish va IT kabi sohalarga to‘g‘ri keladi.

2022-yilda O‘zbekistonda norasmiy sektorda band aholi soni 9 mlndan ortiqni tashkil qildi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha jami norasmiy sektorda band bo‘lganlarning eng katta ulushi, ya’ni 34%i qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida mehnat qiladi.