Markaziy bankning 2023-yil 21-iyun holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 11 490 (+13) so‘mni tashkil qilmoqda.
Narxlar 16-iyunda belgilangan 11 460 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, 30 so‘mga qimmatladi.
21-iyun kuni aksariyat banklarda sotish kursi 11 530−11 545 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 11 460 so‘mdan 11 485 so‘mgacha belgilandi.
Eng maqbul xarid kursini “Ipak yo‘li banki”, “Asakabank” “Poytaxtbank”, “Sanoatqurilishbank”, “Trastbank”, “Ipoteka bank” va “Garantbank” kabi banklar taklif qilmoqda.
Eng maqbul sotuv kursini (11 530−11 545 so‘m) “Ipak yo‘li banki”, “Sanoatqurilishbank”, “Hamkorbank”, “Asia Alliance Bank” va “Trastbank” taqdim etmoqda.