Iyun oyida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha davlatga 6,1 mlrd so‘mlik zarar keltirilgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, bu davrda 265 ta holatda iste’molchilar 13,1 mln kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishgan.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p noqonuniy foydalanish holatlari Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim etilgan.
Iyun oyi o‘rtalarida anomal issiq ta’sirida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli hajmi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar yangilangandi.
Avvalroq aholi va tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan elektrni sotish va unga subsidiya olish tartibi tasdiqlangandi.