hududlarda aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshirilishi belgilangandi.

Hukumat farmoyishiga ko‘ra, mazkur dastur asosida mamlakat hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy kuvvati 182,1 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatiladi.

Shuningdek, hukumat qarori bilan aholi va tadbirkorlardan qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Hujjat bilan, elektr oldi-sotdi shartnomasi asosida sotilishi belgilanmoqda.

Elektr energiyasini sotish va sotib olish

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslar o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatgan quvvati 1 MVtgacha quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektrning o‘z ehtiyojidan ortiqchasi “Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan sotib olinadi.

Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi o‘zi foydalanishi uchun hosil qilingan elektr energiyasini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z elektr tarmoqlari orqali sotishi mumkin.

Agar o‘z elektr tarmoqlari mavjud bo‘lmaganda “Hududiy elektr tarmoqlari” tarmog‘idan tranzit xizmatlari uchun idoralararo tarif komissiyasi hujjatlarida belgilangan tarif asosida to‘lovlar amalga oshirilib, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib beriladi.

Subsidiya ajratish

Yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar hisob-kitob oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar amalga oshiriladi.

Xususan, “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida aholi obyektlarida o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektrning har bir kilovatt-soatiga (ijobiy tafovut) davlat budjetidan 1 000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Buni esa “Soliq” mobil ilovasi orqali amalga oshirish mumkin.

Quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan va iste’moldan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektrning har bir kilovatt-soatiga “Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan to‘lov amalga oshiriladi.

Bunda kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80%i miqdorida to‘lab beriladi.

Aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uchun to‘lov 10 ish kunida amalga oshiriladi. Bunda elektrni uzatish va iste’molini hisobga olish uskunasi (pribor)ning ma’lumotlariga ko‘ra tomonlar o‘rtasida imzolangan ko‘rsatkichlarni solishtirish dalolatnomasi va hisob-fakturani olgan kundan boshlab amalga oshiriladi.