O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida Iqtisodiy palata tashkil etilishi mumkin. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu bo‘yicha palata raisi Davron Vaxabov va Gamburg Savdo palatasining Sharqiy Yevropa qo‘mitasi raisi Novak Stefan Mirko o‘rtasidagi uchrashuvda ta’kidlangan.

Germaniya tomoni savdo-iqtisodiy va ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi.

Stefan Mirko ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida O‘zbekiston-Germaniya Iqtisodiy palatasini tashkil etishni taklif qildi.

Bu palata tadbirkorlar uchun qo‘llab-quvvatlash modullaridan foydalangan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi.

Shuningdek, platforma O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qilib, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa bozorlariga faol targ‘ib qilishga ko‘maklashadi.

Uchrashuvda dual ta’lim sohasida hamkorlik qilishga ham qiziqish bildirildi. Bunda o‘zbekistonliklarni Germaniyaga jalb qilsih orqlai malakali kadrlar tayyorlash loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Avvalroq Germaniya O‘zbekistonga IT-mutaxassislarini tayyorlashda yordam berishi haqida xabar berilgandi.