“Silk Avia” aviakompaniyasi Issiqko‘lga muntazam reyslarni tashkil qiladi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxt va kurort hududi o‘rtasida aviaqatnovlar 16-iyundan amalga oshiriladi.

Jadval (har ikkala aeroport uchun mahalliy vaqt):

  • Toshkentdan uchish — 9:30, Tamchiga kelish — 12:35;
  • Tamchidan jo‘nash 13:35, Toshkentga yetib kelish 14:50.

Bir tomonga chipta narxi 1 mln 240 ming 368 so‘mdan, qaytish 2 mln 481 ming so‘mdan boshlanadi. (Narxlar 17-may holatiga amal qiladi).

Birinchi bosqichda reyslar haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Kelajakda parvozni har kuni amalga oshirish rejalashtirilgan.

2023-yil avgust-sentabr oylarida “Silk Avia” Toshkent-Issiqko‘lToshkent yo‘nalishi bo‘yicha bir qator charter reyslarini amalga oshirdi.

Marshrutga 70 kishigacha sig‘adigan o‘rta masofali ATR72−600 samolyotlari xizmat ko‘rsatgan.