Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning eng ezgu, samimiy tilaklarini yetkazdi.

Taʼkidlanishicha, O‘zbekiston va Turkiyani do‘stlik hamda yaqin hamkorlik rishtalari bog‘lab turadi.

Muloqot chog‘ida birgalikdagi sa‘y-harakatlar natijalari va mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

“Janob Prezidentga samimiy qabul, O‘zbekistonga qaratilayotgan alohida e‘tibor hamda qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Spot avvalroq Saida Mirziyoyeva Turkiyaning Baykar majmuasida mudofaa sanoati loyihalari bilan tanishgani haqida yozgandi.