Turkiyaning qurilish korxonasiga o‘zbekistonliklar ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ish vaqti 5/2 grafik, kunlik 8 soatni tashkil etadi hamda qo‘shimcha ishlash imkoniyati mavjud. Ish haqi $500dan boshlanadi.

Nomzodlar quyidsagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun ariza topshirishlari mumkin:

  1. Elektrik;
  2. Qolipchi;
  3. Payvandchi;
  4. Duradgor;
  5. Yordamchi ishchi;
  6. Yuk avtomobili haydovchisi.

Ariza beruvchilar 18−45 yosh oralig‘ida hamda sudlanmagan bo‘lishlari kerak. Bundan tashqari, mehnatkash bo‘lish zarur. Nomzodlardan til bilishlari talab qilinmaydi.

Turar joy, uch mahal ovqat, aviachipta va viza xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

Ro‘yxatdan joriy yilning 11-avgust kuni, soat 18:00 gacha havola orqali o‘tish mumkin.

Bundan tashqari, fuqarolar xorijga chiqish pasporti va 5×6 fotosurat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga murojaat qilishlari mumkin.

Hududlardagi manzillar bu yerda keltirilgan.


Avvalroq o‘zbekistonliklar turli sohalar bo‘yicha Yaponiyaga ishga jalb qilinishi haqida xabar berilgandi.

Bu bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan loyihani amalga oshirish bitimi imzolandi. Uning doirasida ishlash tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berib boriladigan portal joriy etiladi.