Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta'minot” matbuot xizmati xabar berdi.

7-noyabr kuni ta’mirlash ishlari sabab Sergeli, Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Bunda, quyida hududlar keltirilgan:

  • Sergeli tumani: “Bunyododob” va “Yangi Bunyodkor” MFYdagi 2587ta xonadon va 4ta ulgurji iste’molchiga soat 11:00dan 16:00gacha;
  • Yakkasaroy tumani: “Y.Rajabiy” MFYdagi 640ta xonadon hamda 3ta ulgurji iste’molchiga soat 11:00dan 18:00gacha;
  • Shayxontohur tumani: “Labzak” ko‘chasidagi 1ta ulgurji iste’molchiga soat 11:00dan 14:00 gacha.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Avvalroq 7-noyabr kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlariga elektr ta’minoti vaqtincha yetkazib berilmasligi haqida xabar berilgandi.

Avvalroq prezident energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar bergandi. Xususan, ikki hafta muddatda qozonxonalar va isitish tarmoqlarini ta’mirlash ishlarini yakunlash topshirildi.