“Clicks” startapi QWERTY klaviaturasi bilan “iPhone uchun xuddi shunday nomdagi g‘ilofni chiqardi, deya xabar bermoqda “Macrumors” nashri.

Aksessuar iPhone 14 Pro, 15 Pro va 15 Pro Max egalari uchun taqdim qilinadi. Yangi mahsulot fevral oyida sotuvga chiqishi kutilyapti.

Klaviatura matnlarni tugmalar orqali kiritish imkonini beradi va u iPhone batareyasidan quvvat oladi, lekin ortiqcha quvvat sarflamaydi.

Qayd etilishicha, g‘ilof smartfonga USB-C yoki Lightning kabel orqali ulanadi.

Klaviaturadan qorong‘uda foydalanish mumkin, chunki u yorug‘lik tarqatish xususiyatiga ega.

iPhone klaviaturasi mashhur klaviatura yorliqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, Cmd+H ish stoliga qaytadi, Cmd+Q ilovani yopadi va bo‘sh joy lenta va veb-sahifalar bo‘ylab harakatlanishi mumkin.

Tanlash uchun ikkita rang mavjud: sariq va kulrang. Korpusi plastikdan, ichki qismi esa charmdan tayyorlangan.


Avvalroq “Spot” “Apple” iPhone’ga yangi xavfsizlik funksiyasini qo‘shgani haqida yozgandi.

Funksiya qurilma o‘g‘irlansa, telefon egasining shaxsiy ma’lumotlariga, uning to‘lov ma’lumotlariga hamda iCloud’da saqlangan surat va videolarga kirishga imkon bermaydi.