“Apple” iPhone’ga yangi xavfsizlik funksiyasini qo‘shdi, deb yozadi “The Wall Street Journal”.

Bunda qurilma o‘g‘irlansa, o‘g‘rilar telefon egasining shaxsiy ma’lumotlariga, jumladan, uning to‘lov ma’lumotlariga hamda iCloud’da saqlangan surat va videolarga kira olmaydi.

“Apple” IOS 17.3 beta’da “o‘g‘irlangan qurilmani himoya qilish” (Stolen Device Protection) yangi xususiyatini fevral oyida “WSJ” materialidan keyin ishlab chiqilgan, deb yozadi nashr.

“Safari"da saqlangan to‘lov ma’lumotlaridan foydalanish, “Apple” kartasini so‘rash, telefonni zavod sozlamalariga qaytarish yoki uni o‘chirish kabi muayyan amallarni bajarishdan oldin “o‘g‘irlangan qurilmani himoya qilish” yoqilgan bo‘lsa, “Face ID” yoki “Touch ID” orqali tekshirish talab qilinadi.

Avvalroq “Apple” “Touch ID” sensorini iPhone’ga qaytarish rejalaridan voz kechgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, kompaniya Touch ID sensorlarini ishlab chiqarish uchun zarur blgan hamkor zavodlarda jihozlarni o‘chirib qo‘ygan.

Insayderlar, shuningdek, kompaniya barmoq izi sensorini o‘z qurilmalariga qaytarishni rejalashtirmaganini ham aniqladi.

Barmoq izi bilan qulfdan chiqarish funksiyasiga ega brendning yagona hozirgi smartfoni iPhone SE hisoblanadi.

Biroq, qurilmaning keyingi avlodi “Face ID” qulfini ochish funksiyasini olishi kerak. Shunday qilib, “Apple” Touch ID’dan butunlay voz kechadi.