“Apple” Touch ID sensorini iPhone’ga qaytarish rejalaridan voz kechdi. Bu haqda “MacRumors” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya Touch ID sensorlarini ishlab chiqarish uchun zarur blgan hamkor zavodlarda jihozlarni o‘chirib qo‘ygan.

Insayderlar, shuningdek, kompaniya barmoq izi sensorini o‘z qurilmalariga qaytarishni rejalashtirmaganini ham aniqladi.

Barmoq izi bilan qulfdan chiqarish funksiyasiga ega brendning yagona hozirgi smartfoni iPhone SE hisoblanadi.

Biroq, qurilmaning keyingi avlodi “Face ID” qulfini ochish funksiyasini olishi kerak. Shunday qilib, “Apple” Touch ID’dan butunlay voz kechadi.

Shu bilan birga, kelajakda kompaniya yuzni qulfdan chiqarish usulini barmoq izi bilan ochish texnologiyasiga almashtirishi mumkin, biroq bu holda barmoq izi sensori ekran ostida joylashadi. Yangi texnologiya smartfonlarda 2026-yilda paydo bo‘lishi mumkin.


Avvalroq “Spot” “Apple” SIM-kartalarni qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi MacBookni tayyorlayotgani haqida yozgandi.

Biroq kompaniyaning hali bunday turdagi Macbookni qachon taqdim qilishi aniq emas.