“Apple” uyali aloqa bilan ta’minlangan birinchi noutbukni chiqarish niyatida, dedi “Bloomberg” sharhlovchisi Mark Gurman kompaniya manbalariga tayanib.

Hozirda “Apple” mobil aloqa uchun mas’ul bo‘lgan o‘zining 5G chiplari ustida qattiq ishlamoqda. Kompaniyaning hozirgi qurilmalari “Qualcomm” kompaniyasining aloqa chiplari bilan jihozlangan.

Gurmanning ta’kidlashicha, “Apple” o‘zining 5G modemlariga 2026-yildan oldin ega bo‘ladi. Bu vaqtga kelib iPhone 18 chiqariladi — smartfon birinchi bo‘lib yangi chiplarni oladi.

Qayd etilishicha, iPhone’lardan keyin komponent “Apple Watch” va “iPad"da amalga oshiriladi.

“Apple” noutbuklari ham 5G modullarini oladi, ammo bu ancha keyin sodir bo‘ladi. Uyali aloqaga ega birinchi MacBook 2028-yil yoki undan keyin tadim etilishi kutilmoqda.

Bu vaqtga kelib M7/8 chipiga asoslangan MacBook Pro chiqarilishi kerak. Ushbu model SIM-kartalarni qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi model bo‘ladi. Keyin texnologiya MacBook Air’da amalga oshiriladi.


Avvalroq “Spot” “Apple” yangilangan MacBook Pro va yangi iMac’ni taqdim etgani haqida yozgandi.

Kompyuterlar 8 dan 16 yadroli protsessorga ega so‘nggi M3 oilasining chiplari bilan jihozlangan. Oldindan buyurtmalar ochilgan bo‘lib, ular 7-noyabrdan sotuvga chiqariladi.