“WhatsApp” kontaktlar orqali tez qo‘ng‘iroq qilish uchun “Tanlanganlar” funksiyasini ishlab chiqmoqda.

Messenjerda yanada samaraliroq xabar almashish imkonini beruvchi boshqa yangiliklar ham taqdim etiladi, deya xabar berdi “WABetaInfo” portali.

“Hozirda ishlab chiqilayotgan ushbu yangi xususiyatlardan biri sevimli kontaktlarni belgilash qobiliyatidir, bu esa kelajakda „WhatsApp“ veb-yangilashida maxsus chat filtri bilan birga keladi”, — deyiladi xabarda.

Materialda aytilishicha, chat filtri turli odamlar bilan ko‘p sonli yozishmalarga ega bo‘lgan foydalanuvchilarga yordam beradi. Mobil ilovada yangi funksiya uchun alohida yorliq paydo bo‘ladi.

Funksiya hozirda ishlab chiqilmoqda va kelajakda veb-versiyasi uchun yangilanishda mavjud bo‘ladi.

Avvalroq “WhatsApp” iPhone egalariga akkauntlariga parolsiz kirish imkonini bergandi.

Bunda akkauntga parolsiz autentifikatsiya tizimi (passkey) bilan barmoq izi, yuzni skanerlash yoki PIN-kod yordamida tizimga kirish mumkin.

Shuningdek, “WhatsApp” boshqa messenjerlardan xabarlarni qabul qilishi funksiyasini qo‘shmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.

Messenjer texnik direktori bunday imkoniyat boshqa messenjerlar xavfsizlik standartlariga javob bergandagina amalga oshishini aytdi.


Avvalroq “Spot” “WhatsApp"ning Android versiyasida “AirDrop” analogi paydo bo‘lishi haqida yozgandi.

Mazkur funksiya bilan internetga ulanmasdan yaqin joydagi qurilmalarga 2GBgacha fayllarni yuborish mumkin.