“WhatsApp"ning Android uchun yangi 2.24.2.20 beta-versiyasida topildi, u AirDrop kabi ishlaydi, deb yozadi “WABetaInfo”.

Yangilik foydalanuvchilarga fayllarni osongina va tez almashish imkonini beradi.

Buning uchun ularning qurilmalari yaqin joyda bo‘lishi kerak. Internetga ulanish shart emas, lekin fayl o‘lchamlari 2 GB bilan cheklangan.

Ulashish so‘rovini yaratish uchun gadjetlarni silkitib qo‘yish, shuningdek, boshqa qurilmada amalni tasdiqlash kerak bo‘ladi.

airdrop, analog, fayl almashish, whatsapp

“Biz ishonamizki, bu xususiyat foydalanuvchilarga turli ssenariylar uchun amaliy yechim taqdim etish orqali fayl almashish imkoniyatlarini kengaytiradi”, deyiladi xabarda.

Yangi funksiyaning chiqarilish sanasi noma’lum. Qayd etilishicha, bu xususiyat, ehtimol, keyingi yangilanishlardan birida paydo bo‘ladi.

Avvalroq “WhatsApp” iOS uchun stiker yaratish funksiyasini qo‘shgani haqida xabar berilgandi.

Undan foydalanish uchun xabar kiritish maydonidagi stiker belgisini va keyin esa plyus belgisini bosish va galereyadan rasmni tanlash kerak.


Avvalroq “Spot” “WhatsApp” bir martalik ovozli xabar funksiyasini qo‘shgani haqida yozgandi.

Mazkur funksiya orqali yuborilgan ovozli xabar tinglanganidan keyin chatdan yo‘qolib ketadi.