“WhatsApp” tinglagandan keyin yo‘qolib ketadigan ovozli xabarlarni qo‘shdi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

Xizmat o‘z blogida yaqin bir necha kun ichida foydalanuvchilar ovozli xabarlarni qabul qiluvchi ularni tinglaganidan so‘ng avtomatik ravishda o‘chirilishini sozlashi mumkinligini aytdi.

ovozli xabar, whatsapp

Undan foydalanish uchun ovozli xabarni yozib olishda paydo bo‘ladigan “1” belgisini bosish kerak, deb yozgan “WABetaInfo” 2023-yil oktabr oyida sinov paytida.

Noyabr oyida “WhatsApp” 32 dan ortiq a’zosi bo‘lgan guruhlar uchun ovozli chatlarni joriy qildi.

Ular har bir ishtirokchiga qo‘ng‘iroq qilmasdan suhbatni boshlashga imkon beradi va barcha suhbatlar oxirigacha shifrlash bilan himoyalangan.

2021-yil avgust oyidan boshlab messenjerda “bir martalik ko‘rish” funksiyasi mavjud bo‘lib, u ko‘rilgandan so‘ng darhol o‘chirilgan fotosuratlar va videolarni yuborish imkonini beradi.


Avvalroq “Spot” “WhatsApp” tez orada sun’iy intellekt chat-botiga ega bo‘lishi haqida yozgandi.

U foydalanuvchilar savollariga javob berishi va messenjerda ishlashni yanada optimallashtirishi mumkin.