O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12590 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 7 so‘m 7 tiyinga pasaydi.

25-mart kuni valyuta birjasida dollar kursi rekord darajada ko‘tarildi. Amerika valyutasining rasmiy kursini 12597 so‘m etib belgilandi.

20-mart kuni dollar kursi o‘zining yangi rekord darajasini qayd etgandi. Dollarning so‘mga nisbatan kursi 13 so‘mga oshib, 12575 so‘mni tashkil etdi.

15-mart kuni valyuta birjasida dollar kursi yangi maksimal darajaga ko‘tarilgandi. Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12570 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 2 so‘m 99 tiyinga oshdi.

14-mart kuni valyuta birjasida dollar kursi yangi maksimal darajaga yetgandi. Amerika valyutasining rasmiy kursi 12567 so‘m etib belgilandi.

Dollar kursi o‘zining yangi rekord darajasini 13-mart kuni qayd etib, 12546 so‘m bo‘lgandi. Shuningdek, 12-mart kuni ham dollar kursi yangi rekord darajani qayd etgandi. Amerika valyutasining rasmiy kursi 12534 so‘m etib belgilandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.