O‘zbekiston Rossiyaning Pulkovo aeroportidan amalga oshiriluvchi parvozlar bo‘yicha may oyidagi eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi. Bu haqda “Shimoliy poytaxt havo darvozalari” boshqaruv kompaniyasiga tayanib, “Kommersant” nashri xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, may oyidagi bayram kunlari — 28-apreldan 12-maygacha Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportida yo‘lovchilarning 80%i Rossiya yo‘nalishlarini kashf etishni rejalashtirmoqda. Shu kunlarda aeroport 850 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda.

Xususan, Sankt-Peterburgdan sayohat qilish uchun eng mashhur mahalliy yo‘nalish Moskva bo‘ldi. Kaliningrad va Sochi kuchli uchlikni egalladi. Shu bilan birga, ular qatorida Qozon, Yekaterinburg, Mineralne Vodi, Samara, Ufa, Murmansk va Chelyabinsk ham top-10talikni egalladi.

Eng mashhur xalqaro yo‘nalishlar qatoriga Antaliya va Istanbul (Turkiya), Minsk (Belarus), Dubay (BAA) hamda Shanxay (Xitoy) kirdi.

Mazkur mamlakatlardan keyin O‘zbekiston ham eng mashhur xalqaro yo‘nalishlar qatorida yetakchilik qilmoqda. Samarqand va Toshkent yo‘nalishlari keltirishgan.

Shuningdek, Dushanbe (Tojikiston), Yerevan (Armaniston) va Boku (Ozarbayjon) ham bu ro‘yxatdan joy oldi.

Avvalroq “Uzbekistan Airways” xalqaro parvozlar uchun ro‘yxatdan o‘tish vaqtini o‘zgartirgani haqida xabar berilgandi. Endi xalqaro aviaqatnovlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov jo‘nashiga 1 soat qolganda tugatiladi.