O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?
“Spot” fevral oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
Xorijdagi o‘zimiznikilar: Germaniyadagi “Google” dasturchisi Rustam Zokirov hikoyasi
Rustamning dasturlashga kirib kelishi asosan jamiyat uchun foydali dasturlar yaratish ishtiyoqi bilan boshlangan. Zokirov “Google"ga hujjat topshirish va intervyu jarayonlari hamda kompaniyadagi imkoniyatlar haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.
Adraschi amaki: so‘zamollik, savdoning siri va matolardagi “o‘zbekcha hid”
“Adraschi amaki” do‘koni asoschisi Baxtiyor Rustamov hayot yo‘llari, o‘zbek milliy matolarining o‘ziga xosligi hamda bu bozorga ta’sir qiluvchi salbiy omillar haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.
O‘zbekiston sun’iy intellekt sohasida axloqiy me’yorlarni ishlab chiqadi — Abdulla Aripov
Rejalar qatorida kadrlar tayyorlash, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishni tezlashtirish, IT-infratuzilmasini rivojlantirish hamda startaplarni qo‘llab-quvvatlash bor.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Prokuratura quyosh panellari va suv isitgichlari o‘rnatilishini nazorat qiladi.
Prezident prokuratura organlariga aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashdagi qonun buzilishlarini bartaraf etish va korrupsiyasiz sohaga aylantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni topshirdi. - “Chipta narxlarini oshirishni rejalashtirmayapmiz” — “Uzbekistan Airways” boshqaruvi raisi.
Shuhrat Xudoyqulov o‘rnatilgan toifalar va bozor talabidan kelib chiqib, aviachiptalar narxlarini o‘zgartirish mumkinligini qayd etdi. - 2024-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy internet-kompaniyalari ma’lum qilindi.
Ro‘yxatda yetakchilikni 41,7 mlrd so‘m soliq to‘lovlari bilan “Meta” saqlab qolmoqda. “TikTok” esa birinchi marta Top-10 talikka kirdi. - Fuqarolar kartalaridan firibgarlik yo‘li bilan kredit olish bo‘yicha murojaatlar soni 42%ga oshdi.
Ombudsmanning qayd etishicha, tergovchilar topshirig‘iga qaramay, banklar firibgarlarga aldanib qolgan fuqarolardan kredit mablag‘larini to‘lashlarini talab qilmoqda. - Raqobat qo‘mitasi “Payme"ni ustun mavqega ega deb topdi.
Qo‘mita buyrug‘i bilan onlayn to‘lov tizimlari bozorida “Payme” ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi. - Ayrim turdagi dorilar importiga bojxona bojlari joriy etiladi.
Antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi dorilar, kardiologik preparatlar hamda biologik faol qo‘shimcha kabilarga 2% miqdorida boj belgilanadi. - O‘zbekiston ikki yildan keyin kartoshkaga ehtiyojni to‘liq ichki hisobdan qoplashga o‘tadi.
2025-yilda kartoshkachilikni rivojlantirishga 400 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Xorijdan olib kelinadigan urug‘lik kartoshka 3 yilga bojxona bojidan ozod etiladi. - Tomorqasidan yuqori daromad olgan dehqonlarga yer solig‘ining 90%i qaytarib beriladi.
Yeriga ekin ekmaganlar esa yer solig‘ini oshirilgan miqdorda to‘laydi. 2026-yildan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun soliq hisoblash tartibi o‘zgartiriladi. - Yettita davlat banki ishtirokida $40 mlnlik venchur fond tashkil etildi.
“United Ventures” qo‘shma investitsiya fondining bosh direktori “Sug‘urta Bozor"ning sobiq hammuassisi Azizbek Qurbonov bo‘ldi. - Kartoshka narxi nega qimmatlashdi? Qishloq xo‘jaligi vazirligi izohi.
Vazirlik 2024-yilda yetarli hosil olinmagani, QQS bo‘yicha imtiyozlarning bekor qilinishi hamda boshqa xarajatlarning oshgani kartoshka narxlariga ta’sir qilganini qayd etdi.