Birinchi chorakda O‘zbekiston banklari qancha foyda ko‘rdi?

Eng ko‘p foyda olgan bank 467,9 mlrd so‘m bilan O‘zmilliybank bo‘ldi, top-3 talikka O‘zsanoatqurilishbank hamda Hamkorbank kirdi. Bu davrni 6 ta moliya tashkiloti zarar bilan yakunlagan.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirish normasi qanday ishlaydi? Qo‘llanma

Spot O‘zbekistonga bojxona to‘lovlarisiz olib kiriladigan tovarlar uchun bojlar miqdori qanday o‘zgargani, bu tartib qanday bo‘lishi, shuningdek, jo‘natma rasmiylashtirilganini qanday tekshirish mumkinligi bo‘yicha videoqo‘llanmani taqdim etadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Brend tarixi: ot laqabiga qo‘yilgan Snickers shirinliklari

Spot bu safar sevimli ot laqabiga qo‘yilgan Snickers shirinligining tarixi, biznesning ommalashishiga qanday omillar sabab bo‘lgani haqida hikoya qiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“O‘zbekiston dunyoning go‘sht arzon sotiladigan davlatlaridan biri” — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Vazirlik go‘sht narxiga ozuqa, elektr energiyasi va yoqilg‘i-moylash materiallari narxlari oshishi ta’sir qilganini qayd etdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. 15-maydan Work and Travel dasturi uchun ssuda ajratish boshlanadi.
    Arizalarni davlat xizmatlari markazi yoki Yagona portal orqali jo‘natish mumkin bo‘ladi. Talabalarga 15 mln so‘mgacha qarz beriladi.
  2. O‘zbekistonda kiberjinoyat uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda.
    Endi kiberjinoyat uchun bank kartasi yoki SIM-karta egasi ham javobgar bo‘ladi. Agar moliyaviy firibgarlik banklar yoki to‘lov xizmatlari e’tiborsizligi tufayli sodir bo‘lsa, zarar ular hisobidan undiriladi.
  3. Toshkentdagi birinchi yo‘l bo‘yi pulli avtoturargohlari 8-maydan ishga tushadi.
    May oyi oxirigacha Amir Temur xiyoboni, shuningdek, Mirobod, Shahrisabz, Istiqbol va Zarafshon ko‘chalarida avtoturargohlar paydo bo‘ladi. Qoidabuzarliklar uchun hozircha jarima belgilanmaydi, to‘lovlar bo‘yicha mobil ilova yaqin kunlarda ishga tushadi.
  4. “Umid qilamizki, 2025-yil yuqori inflyatsiyaning so‘nggi yili bo‘ladi” — Markaziy bank raisi.
    Timur Ishmetov 1-may kuni energetika sohasidagi islohotlarning ikkinchi va oxirgi bosqichi yakunlangani, endi e’tibor inflyatsiyani pasaytirish bo‘yicha ishlarga qaratilishi mumkinligini ta’kidladi.
  5. Sirtqi ta’lim shakliga qabul tugatiladi.
    OTMlarda muqobil ta’lim shakllari uchun qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50%idan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  6. Oilaviy shifokorlar oyligi $1,5 ming, hamshiralarniki esa $800 gacha yetkaziladi — prezident.
    Birlamchi bo‘g‘inda tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi. Ularda yarim yoki 0,25 stavka bekor qilinib, barcha shifokor va hamshiralar to‘liq stavkaga o‘tkaziladi.
  7. Oliy ta’lim vazirligidan bir vaqtda ikkita OTMda o‘qish cheklangani yuzasidan tushuntirish so‘raldi.
    Senat tomonidan jo‘natilgan so‘rovda mavjud cheklovlar yoshlarning o‘z ixtiyori va ehtiyoji asosida bir vaqtning o‘zida bir nechta ta’lim yo‘nalishida o‘qishiga to‘sqinlik qilayotgani qayd etildi.
  8. Bellissimo Pizza Qozog‘iston bozoriga chiqmoqda.
    Birinchi bosqichda Ostonada uchta restoran faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
  9. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket uchinchi oy rekord o‘rnatib, $49,2 mlrddan oshdi.
    Aprel oyida Markaziy bankning xalqaro aktivlari hajmi $1,4 mlrdga oshdi, oltin zaxiralari ham rekordni yangilab, $37,65 mlrdga yetdi. Qimmatli qog‘ozlar hajmi esa qariyb uch yarim baravar oshib, $703,9 mlnni tashkil etdi.
  10. Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari tasdiqlandi.
    1-iyungacha haydovchilarga jarima ballarini hisoblash uchun E-jarimaball moduli ishlab chiqiladi. To‘plangan ballar haqida ularga SMS-xabar orqali ogohlantirish berib boriladi.