Neyrotarmoq shifokorlardan ham aniqroq tashxis qo‘yishni o‘rgandi. Bu haqda Nature nashri xabar berdi.
Google yangi Articulate Medical Intelligence Explorer (AMIE) sun’iy intellekt tibbiy tizimini taqdim etdi.
Kompaniya ta’kidlashicha, bu tizim diagnostika aniqligida tajribali shifokorlardan ham ustun bo‘lishi mumkin.
Ishlanma matn va vizual ma’lumotlarni samarali qayta ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ilg‘or Gemini 2.0 Flash til modeliga asoslangan.
Bu keng qamrovlilik sun’iy intellektga turli xil tibbiy ma’lumotlarni, jumladan oddiy rasmlar, hujjat skanlari (masalan, PDF) va laboratoriya tekshiruvlari natijalarini tahlil qilish imkonini beradi.
Tizim teri kasalliklarini aniqlash, elektrokardiogrammalarni (EKG) sharhlash va laboratoriya ko‘rsatkichlarini tahlil qilishga o‘rgatilgan bo‘lib, masofaviy tibbiy baholash uchun istiqbolli vosita sifatida taqdim etilmoqda.
Mutaxassislar 105 ta simulyatsiyalangan tibbiy maslahat o‘tkazdilar. Mustaqil ekspertlar xulosasiga ko‘ra, sun’iy intellekt shifokorlarga nisbatan o‘rtacha yuqoriroq aniqlikni namoyish etdi, ayniqsa murakkab yoki noaniq tasvirlar bilan ishlashda ajoyib natijalar ko‘rsatdi.
Shunday bo‘lsa-da, ishlab chiquvchilarning o‘zlari tizim tibbiyotda keng qo‘llanilishidan oldin qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarurligini ta’kidlamoqdalar.
Avvalroq Spot Xitoy hayvon tilini inson tiliga tarjima qiluvchi dasturni ishlab chiqarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Baidu kompaniyasi tegishli dastur uchun patent olishga ariza topshirgan bo‘lib, u hayvonlarning xatti-harakati, yuz ifodalari, tana tilini analiz qiladi va tushunarli so‘zlarga aylantirib beradi.