Bir haftada energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 37,9 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
O‘zenergoinspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 92 ta holat aniqlandi.
Bunda 15,6 mln kVt soat elektr energiyasi (32,4 mlrd so‘m) va 1,8 mln metr kub tabiiy gaz (5,4 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida jami 37 mlrd 921 mln so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 126 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Avvalroq Spot Jizzaxda fermer xo‘jaligi 4,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani haqida yozgandi.
Xusuan, quvvati 60 kVt bo‘lgan 8 ta suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari ulanganligi aniqlandi.