Jizzax viloyatida 4,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi.

O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi va Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Unda Sharof Rashidov tumanida A. E. J. fermer xo‘jaligida quvvati 60 kVt bo‘lgan 8 ta suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 4 mlrd 739 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Avvalroq Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani haqida xabar berilgandi.

Xususan, shoxobchada gaz sarfini o‘lchash qurilmasiga noma’lum jism joylashtirilib, hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi ma’lum bo‘ldi.