Nissan ishlab chiqarishni optimallashtirish doirasida yettitagacha, jumladan, Yaponiyadagi ikkita avtomobil yig‘ish zavodini yopishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya sotuvlarning pasayishi tufayli dunyodagi zavodlar sonini 17 tadan 10 tagacha qisqartirishni rejalashtirmoqda, biroq bu rejalarni rasman tasdiqlamadi.
Xususan, 1961-yildan beri ishlayotgan Oppamdagi tarixiy zavod va Shonandagi qisman nazorat qilinadigan zavod, deb yozadi Reuters.
O‘zgarishlardan keyin Yaponiyada faqat uchta faoliyat yuritayotgan avtomobil zavodi qoladi: bittasi Tochigida va ikkitasi Fukuoka prefekturasida.
Bundan tashqari, Janubiy Afrika, Hindiston va Argentinada ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, Meksikadagi ayrim quvvatlar qisqartirilishi mumkin.
Kompaniya 2024-moliyaviy yilida sotuvlar 3,3 mln donagacha tushib ketganidan so‘ng — bu 2017-yilga nisbatan 42% kam — xarajatlarni keng miqyosda qisqartirishini e’lon qildi.
Avvalroq Spot Nissan yana 11 mingta ish o‘rnini qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
2024-yil noyabr oyida e’lon qilingan qisqartirishlar bilan birga ishdan bo‘shatilganlar soni 20 mingni tashkil etishi mumkin.