O‘zbekistonda qurilish sohasi uzoq yillar davomida odatiy uslublarga tayangan holda rivojlandi. Qo‘lda hujjat yuritish, qog‘ozbozlik, Excelda hisob-kitob qilish — bu holatlar ko‘pchilik quruvchilar uchun “normal” hisoblanadi. Ammo bu holat — vaqt yo‘qotish, xatoliklar, mijozlardan mahrum bo‘lish va oxir-oqibat bankrotlikka ham olib kelishi mumkin. Qurilish — dunyodagi yirik sanoat sohalaridan biri. Ammo ajablanarlisi, bu soha hali ham texnologik transformatsiyada eng ortda qolgan yo‘nalishlardan biri sanaladi. McKinsey hisobotiga ko‘ra, dunyoda eng sekin raqamlashtirilayotgan 22 ta tarmoq ichida qurilish sohasi 21-o‘rinda turadi. Bu esa biznesni “qo‘lda yuritish” uslubi nafaqat sekin, balki xavfli va samarasiz strategiya ekanini anglatadi. Shuning uchun ham ushbu sohada faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning 90% dan ortig‘i 10 yildan kamroq faoliyat olib boradi. Bugun esa sohaga Uysot ekotizimi kirib keldi. Bu O‘zbekistonda PropTech sohasidagi ilk mahalliy to‘liq yechim — u qurilish kompaniyalarini zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirmoqda.

“Bizning eng katta raqibimiz boshqa raqobatchi kompaniyalar emas, eskicha odatlar”, — dedi Uysot asoschisi Akmal Baxronov.

Navbatda turgan mijozlar muammosidan — innovatsion ekotizimgacha

“2018-yil. Qurilish kompaniyasiga sayt ishlab chiqishga bordim. Tashqarida 10 dan ortiq odam navbatda turardi. Ichkarida esa 2 nafar xodim qog‘ozlar orasida adashib, to‘lovlarni daftarga yozar, kelishuvlarni og‘zaki bajarardi — navbatda turgan odamlar, chalkash to‘lovlar, qog‘ozbozlik. Aynan shu holat Uysot g‘oyasining boshlanish nuqtasiga aylandi”, — dedi Akmal Baxronov Uysot asoschisi.

Dastlabki versiyada faqat mijoz, shartnoma va to‘lov ma’lumotlarini saqlashga mo‘ljallangan dastur bugun butun bir ekotizimga aylandi.

Hozirda Uysot quyidagi uchta asosiy mahsulotga ega PropTech ekotizimi hisoblanadi:

  1. Uysot.uz — uy xarid qiluvchilar uchun onlayn uylar bozori. CB Insights ma’lumotlariga ko‘ra, iste’molchilarning 93%i xarid qilishdan oldin onlayn qidiruvni amalga oshiradi. . Uysot.uz shu ehtiyojga 100% moslashgan. Bugun odamlar bir necha quruvchi ofislarini aylanishni emas, telefon orqali uy qidirishni afzal ko‘rmoqda. Uysot.uz sayti esa buning uchun eng maqbul yechim bera oladi. Xaritaviy qidiruv, ipoteka kalkulyatori va foydali maqolalar orqali xaridorlar qaror qabul qilishini tezlashtiradi. Saytdagi filtr funksiyasi orqali mijoz o‘z xohishlariga ko‘ra, xonadonlarni saralab o‘zlari uchun mos xonadonni osonlik bilan topishlari yoki uysot operatorlari bilan bog‘lanib hech qanday maklerlar va xarajatlarsiz orzularidagi uyni 5 daqiqada topish imkoni mavjud.

  2. Uyqur — qurilish jarayonini raqamlashtiruvchi ERP tizim. Tahlillarga ko‘ra, qurilish kompaniyalar 98% holatda rejalashtirilgan byudjetdan chiqib ketadi yoki muddatdan kechikadi. Buning asosiy sababi — inson omili, noto‘g‘ri monitoring hamda qo‘lda yuritiladigan jarayonlar. Qurilish sohasidagi eng katta yo‘qotishlar (Forbes tahliliga ko‘ra — yillik $1,6 trln daromad yo‘qotish) ta’minotdagi noto‘g‘ri boshqaruv, ombor nazorati va narx manipulyatsiyasi oqibatida sodir bo‘ladi. Uyqur ERP tizimi orqali quruvchi, barcha qurilish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirishi mumkin bo‘ladi va bu orqali:

  • qurilish xarajatlarini 10% gacha qisqartiradi;
  • omborni, to‘lovlarni va kontragentlarni real vaqt rejimida boshqaradi;
  • loyihalarda kechikish va samarasizlikni minimallashtiradi.
  1. Uysot CRM — qurilish kompaniyalari sotuv bo‘limini to‘liq avtomatlashtiradi:

  • CRM — mijozlar bazasi;
  • sotuvlarni 30% ga oshirish;
  • qarzdorlikni 20% ga kamaytirish;
  • sotuv, marketing va moliya bo‘limi, barcha ishlar bir joyda boshqariladi.

“Ko‘plab quruvchilar boshida:izga avtomatlashtirish kerak emas,shundoq ham yaxshi ishlayapmiz. Bu dastur ishlamaydi. Ammo tizim joriy etilgach, o‘sha quruvchilar eng sodiq mijozimizga aylanishdi. Chunki ular vaqt, pul va mijoz yo‘qotishlarining qanday kamayganini va bizneslaridagi o‘sishni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib buni his qilishdi. Endi esa quruvchilar o‘zlari tizimlashishga intilishmoqda. Bu biz uchun katta g‘alaba. Biz bilan ishlay boshlagan quruvchilarning o‘rtacha sotuv hajmi 2 oyda 30% ga oshganini ko‘rdik. Chunki tizim ishlaydi”, — dedi Uysot asoschisi.

Uysot faqat O‘zbekistondami?

Bugungi kunda Uysot: O‘zbekistonda 100+ quruvchilar bilan ishlamoqda — NewPort, TXT Group, Imarat Development, Millennium House, Art House shular jumlasidan. Bundan tashqari Gruziya, qo‘shni Tojikiston va yaqinda Qirg‘izistonda ham qurilish bizneslarini raqamlashtirishni boshladik.

Kompaniya MDHdavlatlari uchun PropTech platformasi bo‘lish sari harakat qilmoqda.

Qurilish industriyasidagi o‘zgarishlar: kim omon qoladi?

Bugun ipoteka kreditlari, davlat subsidiyalari, QR-kodli pasportlar, eskrou-hisob, bodikamera va planshet orqali nazorat. Bularning barchasi qurilish biznesini raqamlashtirish sari majbur qilmoqda.

Kelajakda:

  • mijozlar hujjatlari joyida bo‘lgan brendlarga ishonadi;
  • banklar biznesi avtomatlashgan quruvchilarni afzal ko‘radi;
  • davlat tizimlari faqat shaffof, monitoringga ochiq quruvchilar bilan ishlaydi.

Demak, bu o‘zgraishlarga tez moslashgan quruvchilar yutib, eski tizimlarda qolganlar yutqazishlari mumkin.

McKinsey hisoblashicha, to‘liq raqamlashtirilgan qurilish kompaniyalari rentabellikda 15% ga yuqori ko‘rsatkichga erishadi.

“Kompaniyangiz raqamlashtirilmagan bo‘lsa, zamon talabiga to‘liq javob bermasa va mijozlarga yuqori darajadagi xizmatni ko‘rsatmasangiz xaridorlar sizni tanlamaydi. Chunki ular uchun muhim narsa — ishonch, tezlik va aniqlik”, — ta’kidladi Baxronov.

Uysot faqat dastur emas. Bu — o‘zgarish. Quruvchining vaqtini, resursini va reputatsiyasini tejashga qaratilgan ekotizim. Kompaniyani qog‘ozlar, Excel fayllar va chalkash savollar bilan boshqarish orqaga qarab yurishdir.

Raqamli yechim— faqat kelajak emas, bu bugun. Agar tizim yo‘q bo‘lsa — o‘sish bo‘lmaydi. Bu nafaqat texnologik haqiqat, balki qurilish biznesining ertangi taqdiridir”, — deb so‘zini yakunladi Uysot startapi asoschisi.

Qurilish biznesini tizimlashtirish: b2b.uysot.uz
Uy sotish va sotib olish: uysot.uz/uz
Instagram: @uysot_uz
Telegram: t.me/uysot_uz

Reklama huquqlari asosida.