Banklardagi mikroqarzlar: 2025-yil may oyi bo‘yicha
Mikroqarzni 25 ta bankda olish mumkin bo‘lib, 10 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha beriladi.
Insofsiz amaliyot: O‘zbekiston banklari qanday hollarda iste’molchilar huquqlarini eng ko‘p buzmoqda?
Markaziy bank moliya tashkilotlarining kredit shartnomalarini tuzish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda reklama joylashtirishdagi qonun buzilishi holatlari iste’molchilar bilan munosabatlarda muvozanatning buzilishiga olib kelayotganini qayd etdi.
Xorijda ta’lim: Singapurda grant asosida PhD’da o‘qiyotgan Laziz Abdullayev hikoyasi
Spot Singapur milliy universiteti doktoranti Laziz Abdullayev bilan qanday qilib magistratura darajasini olmasdan PhD’ga qabul qilingani, oliygohga hujjat topshirish jarayoni hamda mamlakat hayoti haqida suhbatlashdi.
“Blogerlar soliq to‘lashga qarshi emas, ular shunchaki qanday to‘lashni bilishmayapti” — ekspertlar inflyuyenserlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi haqida
AOKA blogerlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasini taklif qildi. Loyiha soliq to‘lashdan tortib, sahifada joylashtirilgan kontent uchun javobgarlikkacha bo‘lgan masalalarni qamrab olgan. Spot PR-mutaxassislari, reklama agentliklari rahbarlarining ilgari surilayotgan qonun loyihasi haqidagi fikrlari, uni amalga oshirish qanchalik haqiqatga yaqinligi va bu nimalarga olib kelishi mumkinligi haqidagi fikrlarini o‘rgandi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Prezident TTZgacha bo‘lgan yangi metro liniyasi qurilishini 15-iyundan boshlashni topshirdi.
Transport vazirining qayd etishicha, loyihaning qurilish ishlarini 2026-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda. - Qo‘shni davlatlardagi cheklovlar va import narxlari oshishi — Markaziy bank O‘zbekistonda go‘sht narxining qimmatlashishi haqida.
Qozog‘iston va Qirg‘izistonda qoramol va mayda shoxli mollar eksportining vaqtincha to‘xtatilishi O‘zbekistonda go‘sht taklifining kamayishiga olib keldi. - Endi O‘zbekistonda yoshga doir pensiya proaktiv shaklda tayinlanadi.
Prezident pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyani ularning murojaatisiz avtomatik tarzda tayinlash tartibini belgilovchi qonunni imzoladi. - Kelgusidagi moliyaviy barqarorlik uchun xatarlar — Markaziy bank aholini kreditlashning keskin o‘sishi haqida.
Joriy yilning birinchi choragida fuqarolarga 34,9 trln so‘mlik kreditlar ajratilgan bo‘lib, uning yarmidan ko‘pini mikroqarzlar tashkil etadi. - Investitsion sheriklik, o‘zaro diplomlarni tan olish hamda atom sohasida hamkorlik — O‘zbekiston va Vengriya qanday kelishuvlarga erishdi?
Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. - Moskva va Moskva viloyatida migrantlarni geolokatsiya bo‘yicha kuzatish rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, buning uchun 1-sentabrdan boshlab mehnat migrantlari o‘z telefonlariga maxsus ilovani yuklashlari shart bo‘ladi. - O‘zbekistonda yangi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini hisoblash tartibi o‘zgartirildi.
Ishlab chiqarilganiga 1 va 3 yildan oshmagan avtomobillar uchun alohida import boji belgilanadi. Avtomobil ehtiyot qismlari uchun ham ikki xil boj stavkasi o‘rnatilgan. - Humo to‘lov tizimida yana rahbar o‘zgardi. Shuhratbek Qurbonov esa kompaniyani tark etdi.
Humo rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib raisning birinchi o‘rinbosari Maqsadjon Muhitdinov tayinlandi. Kuzatuv kengashi tarkibiga Paynet bosh direktori Anvar Isamuhamedov kiritildi. - “Soliqdan qochishning xalqaro sxemasi” — Hududlararo soliq inspeksiyasi Uzpostdan $2 mln undirilishi haqida.
Idora xorijiy kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalar hamda ularda xizmat ko‘rsatish joyi sifatida Toshkent shahrining keltirilishi pochta operatorining O‘zbekiston hududida tashish xizmatlarini taqdim etganini ko‘rsatadi, deb hisoblamoqda. - S&P O‘zbekistonning kredit reytingi prognozini barqaror darajadan ijobiy darajaga yaxshiladi.
Agentlik oltinning yuqori narxlari eksport, valyuta zaxiralari va byudjet tushumlarini qo‘llab-quvvatlashini kutmoqda.