Sun’iy intellekt: 19 yoshida yetakchi muhandis lavozimida ishlayotgan Asad Usmonov hikoyasi
U dasturlashni mustaqil o‘rgangan, bir necha kompaniyalarda ishlab tajriba orttirgan va hozirda 19 yoshida Numeo.ai'da yetakchi mutaxassis lavozimida ishlamoqda. U Spot’ga bosib o‘tgan yo‘li, ilk ish tajribalari va sun’iy idrok sohasidagi faoliyati haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekistonda 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?
Spot iyun oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
Ozbe: Kamronbek qanday qilib $300 bilan o‘z biznesini boshlagandi?
Biznesini $300 dan boshlab 3 yilda yillik aylanmasini 1 mlrd so‘mga yetkazgan Ozbe brendi asoschi Kamronbek Nodirbekov Spot’ga 16 yoshida qanday qilib biznesni boshlagani, sohadagi qiyinchiliklar, shuningdek, blogerlar bilan qanday tartibda ishlashi haqida gapirib beradi.
Savdo, mehnat migratsiyasi, ta’lim va texnologik sheriklik — O‘zbekiston va Italiya qanday kelishuvlarga erishdi?
Tomonlar Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqish uchun o‘zbekistonlik eksportchilarni o‘qitish va Toshkentda qo‘shma Sertifikatlash markazini tashkil etishga kelishib oldi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- O‘zbekistonda gilos narxi rekord darajani qayd etdi — EastFruit
23-may holatiga yangi gilosning ulgurji narxi 1 kilogrammi uchun 17 ming so‘m bo‘lib, bu o‘tgan yillarga nisbatan kamida 70%ga yuqori hisoblanadi. - Rossiyada xorijlik talabalar ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Bunda OTMdan chetlatilgan yoki o‘qishni tugatgan chet ellik talabalar, agar Rossiya hududida bo‘lish uchun asoslar bo‘lmasa, nazorat ostidagi shaxslar reyestriga kiritiladi. - O‘zbekistonda elektromobillar importi kamayishiga nimalar ta’sir qilmoqda?
Markaziy bank so‘nggi vaqtlarda elektromobillar importining tartibga solinishi va qat’iylashtirilishi import hajmining sezilarli kamayishiga olib kelayotganini qayd etdi. - Humans Raqobat qo‘mitasidan O‘zbektelekomga qarshi ish ochishni so‘radi.
Kompaniya O‘zbektelekom xizmatlar uchun monopol yuqori narx belgilagani va qarzdorlik tufayli Humans’ga internet tezligini pasaytirib, kamsituvchi sharoitlar yaratganini qayd etdi. Antimonopol organ vaziyatni o‘rganmoqda. - Binance’da O‘zbekiston rezidentlari uchun P2P o‘tkazmalari to‘xtatildi.
Foydalanuvchilar uchun bank kartalari va mahalliy to‘lov tizimlari orqali mablag‘larni to‘ldirish va yechib olish imkoniyati saqlanib qolmoqda. - Prezident yil yakunigacha Navoiy-Buxoro tezyurar temir yo‘li qurilishini yakunlashni topshirdi — O‘TY
Shuningdek, Nukus-Miskin temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish, Toshkent-Parkent va Toshkent-Urgut temir yo‘llari qurilishini yakunlash vazifasi berildi. - Ilon Mask siyosiy faoliyatini rasman tugatgani va davlat ishidan ketayotganini e’lon qildi.
Mask o‘z qarorini Trampning AQShda soliqlarni kamaytirish va immigratsiya nazoratini kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasidan keyin ma’lum qildi. - Ehtiyojmand xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanomaga arizalar qabuli boshlandi.
Arizalarni joriy yilning 8-iyunigacha onlayn topshirish mumkin. - Humo to‘lov tizimi xususiylashtirilganidan ko‘p o‘tmay tariflarni oshirdi.
Xususan, ayrim operatsiyalar bo‘yicha komissiya uch baravar va undan ortiqroqqa ko‘tarilgan. - O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti bayramida ketma-ket uch kun dam oladi — prezident qarori.
Mamlakatda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyun — juma kuniga to‘g‘ri keladi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
Parvoz turar joy majmuasi xonadon xaridida maishiy texnikani sovg‘a tariqasida taklif qilmoqda
Xonadonlar 1 kv. m uchun 7,8 mln so‘mdan boshlanib, foizsiz va ortiqcha to‘lovlarsiz 36 oygacha bo‘lib to‘lashga xarid qilish mumkin.
Toshkentda AI Talks: sun’iy intellekt bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi
IT Park University, AUT va EPAM tomonidan tashkil etilgan tadbir ishtirokchilari texnologik va akademik doiralar vakillari bilan birgalikda sun’iy intellektni muhokama qiladilar.
CTR Chicken: xalqaro brend O‘zbekistonda ta’m va qulaylik chegaralarini kengaytirmoqda
CTR Chicken brendi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirib, mazali tovuq go‘shti, qulay muhit va zamonaviy interyer taklif etmoqda. Sergelidagi yangi filial va kengaytirish rejalari uni oilaviy uchrashuvlar uchun sevimli maskanga aylantirmoqda.
O‘zbekistonlik etik hakerlar jamoasi Standoff 15'ning toplar qatoriga kirdi
21-maydan 24-maygacha Moskvada Standoff 15 kiberjang bo‘lib o‘tdi — kiberxavfsizlik sohasidagi xalqaro musobaqa. Unda Yevropa, MDH, Osiyo va Yaqin Sharq davlatlaridan 30 dan ortiq jamoa ishtirok etdi.