So‘nggi besh yilda O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni 68 barobarga oshgan, buning natijasida fuqarolarning 1,9 trillion so‘mdan ortiq mablag‘lari talon-toroj qilingan.
IT-sohasi tez rivojlanyapti: davlat xizmatlari va biznes jarayonlari tizimlashtirilmoqda, ma’lumotlar raqamlashtirilmoqda. Yangi loyihalar tekshiruvlardan o‘tkazilmasdan tezda foydalanishga topshirilmoqda. Tizimdagi zaifliklar natijasida kompaniya va tashkilotlar, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari firibgarlar qo‘liga tushmoqda.
Mavjud muammolar
Tajribali kiberxavfsizlik mutaxassislar yetishmayapti. Natijada axborot xavfsizligi choralari ko‘rilmagan, ichki xavfsizlik qoidalari ishlab chiqilmagan. Qaror qabul qiluvchilarga mavjud muammolar yetkazilmayapti.
Real holat
Oxirgi bir yil davomida 120 dan ortiq axborot tizimlaridan 2500 dan ortiq zaifliklar aniqlanib, ularni bartaraf qilishga ko‘maklashildi. Tahlillar bo‘yicha ko‘p aniqlanayotgan zaifliklar OWASP TOP 10 ga kiruvchi XSS, SQL Injection, IDOR, Account Takeover zaifliklari bo‘lmoqda.
Talablar
Bugungi kunda Kiberxavfsizlik markazi va Markaziy bank tomonidan kiberxavfsizlik qoidalari kuchaytirilmoqda va muntazam tekshiruvlar amalga oshirilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tashkilotlarga turli jarimalar qo‘llanilishi mumkin.
Turan Security kompaniyasi quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik xizmatlarini taklif etadi:
- mobil ilovalar va veb-saytlar kiberxavfsizlik tekshiruvi;
- ichki va tashqi infratuzilmalar kiberxavfsizlik tekshiruvi;
- kiberxavfsizlikni ta’minlash va 24/7 monitoring;
- xodimlarni kiberxavfsizlik qoidalari bo‘yicha o‘qitish va boshqa xizmatlar.
9-iyundan 30-iyungacha Turon Security Qurbon Hayiti munosabati bilan barcha xizmatlariga 50% gacha chegirma e’lon qilmoqda. Aksiya davomida kompaniyalar o‘z tizimlarining zaif tomonlarini arzonroq narxda tekshirtirib, muhim xavfsizlik choralarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Telefon: (+998) 97−420−41−11.
E-mail: info@turansec.uz
Sayt: turansec.uz
Telegram: t.me/TuranSecurity
Reklama huquqlari asosida.