Turniketga yaqinlashib, kameraga qarashning o‘zi kifoya — tizim Click SuperApp ilovasiga ulangan kartadan yo‘lkira to‘lovini avtomatik ravishda yechib oladi.

Mazkur to‘lov usuli yuqori darajada xavfsiz, uni ulash esa atigi bir necha daqiqa vaqt talab qiladi. Yangi texnologiyadan foydalanish uchun Click SuperApp ilovasida identifikatsiyadan o‘tish, FacePay miniapp’ga kirib, yo‘lkira puli yechib olinadigan kartani tanlash va xizmatni faollashtirish lozim.

Birinchi bo‘lib mazkur texnologiyadan Yunusobod yo‘nalishidagi yo‘lovchilar foydalanishlari mumkin edi. Endilikda esa FacePay Chilonzor yo‘nalishidagi bekatlarda ham foydalanishga topshirildi. Yaqin oylarda tizim barcha metro bekatlarida paydo bo‘ladi.

FacePay orqali to‘lovni amalga oshirish uchun karta, naqd pul va hattoki smartfon ham shart emas. Mazkur usul nafaqat vaqtni tejaydi, balki ekologik jihatdan ham foydalidir. Chunki qog‘ozli chipta va chek darhol chiqindiga aylanadi, ularni yo‘q qilish esa qiyin.

FacePay naqd pulsiz to‘lovlarni yanada tez va qulay qiladi. Kelgusida texnologiya yanada kengaytiriladi — yuz orqali to‘lash nafaqat transportda, balki savdo tarmoqlari va to‘lov qabul qiluvchi boshqa nuqtalarda ham qo‘llaniladi.

Reklama huquqlari asosida.