Honda Motor kompaniyasi Amerika bozoridan 259 033 ta avtomobilini chaqirib olishini e’lon qildi. Bu haqda Reuters nashri xabar bermoqda.

2021−2025-yillarda ishlab chiqarilgan Acura TLX modellari, shuningdek, 2023−2025-yillarda ishlab chiqarilgan Acura MDX va Honda Pilot modellari chaqirib olinmoqda.

Qayd etilishicha, qaytarib olishga sabab, nosoz tormoz pedali bo‘lib, u siljib ketishi va tormozlashni qiyinlashtirishi mumkin.

AQSh yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha milliy boshqarmasiga ko‘ra, bu o‘z navbatida, yo‘l-transport hodisalari yoki jarohatlanish xavfini oshiradi.

2024-yilning oktabrida Honda 1,7 mlnga yaqin avtomobillarini qaytarib olishi haqida xabar berilgandi. Qayd etilishicha, qaytarib olishga ulardagi rul qutisi bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan.

Oktabr oxirida esa kompaniya yuqori bosimli yonilg‘i nasosining buzilishi va yonilg‘i oqishi mumkinligi sababli AQSh va Kanadadan 781 mingta avtomobilini chaqirib olishini e’lon qildi.


Avvalroq Spot Toyota qariyb 443 mingta Tundra pikaplarini qaytarib olishi haqida yozgandi.

Qaytarib olishga avtomobillar orqa chiroqlarining namlik tufayli ishdan chiqish ehtimoli sabab bo‘lgan.