Ford kompaniyasi 500 mingdan ortiq avtomobilini qaytarib oladi. Bu haqda Pravda nashri xabar berdi.
Asosiy muammo 2020−2025-yillarda ishlab chiqarilgan Aviator va Explorer modellariga tegishli bo‘lib, ularda o‘rindiqlarning ikkinchi qatori o‘z-o‘zidan siljib ketishi mumkin.
Bu esa to‘qnashuv paytida qo‘shimcha jarohatlanish xavfini keltirib chiqaradi. Dilerlar rostlash mexanizmini tekshirishlari va zarur bo‘lsa, uning halqasini almashtirishlari shart.
Shuningdek, Mustang Mach-E elektromobili ham e’tibor markaziga tushdi: akkumulyator batareyasining to‘liq quvvatsizlanishi xavfi tufayli 200 mingga yaqin nusxasi qaytarib olinadi.
Bunda eshiklarning elektron qulflari bloklangan holda qolishi mumkin, bu esa ichki tutqichlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi.
Favqulodda vaziyatlarda bu holat salonni tark eta olmaslikka olib kelishi, shuningdek, markaziy ustun bilan to‘qnashganda bosh jarohatlari xavfini oshirishi mumkin.
Mercedes-Benz 92 000 ga yaqin avtomobilni C shaklidagi tom ustunining zaifligi tufayli chaqirib oladi. Bu zaiflik avtomobil ag‘darilganda himoyani pasaytirishi mumkin.
Muammo 2023−2025-yillardagi GLC 300, GLC 300 4MATIC, AMG GLC 43, GLC 350E va AMG GLC 63 S E modellariga tegishli. Yechim sifatida konstruksiyani to‘g‘rilash va tom qoplamasini almashtirish ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Spot Honda AQShda 259 mingdan ortiq avtomobilini qaytarib olishi haqida yozgandi.
Qaytarib olishga nosoz tormoz pedalining siljib ketishi va tormozlashni qiyinlashtirishi mumkinligi sabab bo‘lgan.