OQ mobil aloqa ilovasi texnomart elektronika savdo tarmog‘i bilan eksklyuziv hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini e’lon qildi. Masofadan o‘z-o‘zini ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan SIM-kartalar hamkorning Toshkent, Samarqand va Farg‘onadagi 10 dan ortiq do‘konlarida sotuvga chiqarildi. Kelajakda OQ ishtirokini O‘zbekiston bo‘ylab texnomart tarmog‘ining barcha filiallarigacha kengaytirish rejalashtirilgan.

Yangi format mijozlarga mobil qurilma xarid qilish jarayonida bir vaqtning o‘zida OQ SIM-kartasini sotib olish imkonini beradi — aloqa ofisiga borish zaruratisiz. Bu brend uchun oflayn hamkorlikning ilk tajribasi hisoblanadi.

“OQ uchun bu muhim qadam va shunday oflayn hamkorlikdagi birinchi tajribadir. OQ SIM-kartalarining texnomart do‘konlarida paydo bo‘lishi xizmatimizni butun O‘zbekiston bo‘ylab mijozlarimiz uchun yanada yaqin va qulay qiladi. Bu esa bizning imkoniyatlarimizni kengaytiradi va brend qadriyatlarini — tanlov erkinligi va ulanish qulayligini — yanada ko‘proq foydalanuvchilarga yetkazishga xizmat qiladi”, — dedi OQ loyihasi rahbari Suxrob Bayzakov.

OQ — bu aloqa va media-kontent xizmatlarini yagona ilovada birlashtirgan servis. Uning asosiy afzalligi — tarifni to‘liq shaxsiylashtirish imkoniyati — har bir foydalanuvchi aynan o‘zi uchun kerakli bo‘lgan opsiyalarni tanlaydi — daqiqalar, gigabaytlar yoki ko‘ngilochar kontent — yashirin obunalarsiz va ortiqcha to‘lovlarsiz. Ilovada shuningdek litsenziyalangan filmlar va seriallar, jumladan o‘zbek kinosining “oltin fondi”, sport translatsiyalari, eksklyuziv podkastlar va o‘yinlar mavjud. Foydalanuvchilar xizmatning boshqa qulayliklaridan ham foydalanishlari mumkin — 50 mln so‘mgacha komissiyasiz o‘tkazmalar, 150 dan ortiq bepul TV-kanallar, shuningdek bonusli o‘yinlar — barchasi qo‘shimcha to‘lovlarsiz.

OQ servisi haqida

OQ — bu mobil aloqa ilovasi bo‘lib, u orqali foydalanuvchilar masofadan turib telekommunikatsiya tarmog‘iga ulanishlari, o‘z tariflarini mustaqil ravishda tuzishlari va mobil trafik sarflamasdan hamda obuna to‘lovlarisiz media-kontentlarni tomosha qilish va tinglash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. OQ — bu shaffof to‘lovlarga ega teletainment ilova.

texnomart kompaniyasi haqida

Texnomart MChJ — O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmoqlaridan biri bo‘lib, 2008-yilda, global moliyaviy inqiroz davrida tashkil etilgan. Kompaniya tashkil topganidan buyon katta va kichik maishiy texnika, elektronika va uy uchun mahsulotlar sotish bo‘yicha bozorda o‘zining mustahkam o‘rnini egallagan. Bugungi kunda texnomart — bu O‘zbekiston bo‘ylab, yirik shahar va mintaqalarni qamrab olgan 38 ta zamonaviy do‘kon tarmog‘i.

OQ ilovasi yuklab olish uchun havola.

Sayt: oq.uz
Facebook: fb.com/oquzbekistan
Instagram: @oq.mobile
Telegram: t.me/oqmobile
LinkedIn: linkedin.com/company/oqmobile/

Reklama huquqlari asosida.