General Motors tormoz tizimidagi muammolar sababli 62 mingdan ortiq avtomobilini qaytarib olmoqda.
Kompaniya tormoz bosimi relesida qisqa tutashuv yuz berishi va bu yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.
“General Motors 2019−2024 yillarda ishlab chiqarilgan Chevrolet Silverado Medium Duty 4500HD, 5500HD va 6500HD avtomobillarining ayrimlarini chaqirib oladi”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Qayd etilishicha, chaqirib olinadigan modellarda tormoz bosimi datchigi tuguni tormoz bosimi relesida tormoz suyuqligining sizib chiqishiga va qisqa tutashuvga olib kelishi mumkin.
USA Today nashriga ko‘ra, 2019 model yiligacha bo‘lgan transport vositalari boshqacha konstruksiyaga ega bo‘lib, bu chaqiruvga kirmaydi.
Shuningdek, tormoz o‘chirgich simlar tutamiga silikon germetik qo‘shilgan holda ishlab chiqarilgan 2024 model yilidagi transport vositalariga ham bu qaytarib olish kampaniyasi ta’sir qilmaydi.
Qaytarib olinayotgan avtomobil egalari o‘z mashinalarini dilerga olib borishlari va tormoz bosimi sensorining yangi sim to‘plamini bepul olishlari mumkin.
Avvalroq Spot General Motors va Ford 600 mingga yaqin avtomobillarni qaytarib olishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, General Motorsning avtomobillarini qaytarib olishiga suyuqligining kamligi haqida ogohlantirish tizimi ishlamay qolishi, Fordda esa orqani ko‘rish kamerasidagi tasvir ishlamay qolgani sabab bo‘lgan.