“Soliqlarni oshirish emas, xarajatlarni kamaytirish kerak” — iqtisodchilar XVJ tasviyalari haqida
Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston hukumatiga soliq yukini oshirish, daromad solig‘ini tabaqalashtirish va boshqa bir qator tavsiyalarni berdi. Iqtisodchilarning fikricha, mamlakatning hozirgi iqtisodiy va institutsional sharoitida bu kabi yondashuv noto‘g‘ri va hatto xatarli bo‘lishi mumkin.
Dollar qadrsizlanishi, oltin eksporti va pul o‘tkazmalarining o‘sishi: ekspertlar so‘m mustahkamlanishi haqida
Tahlilchilarning fikricha, mamlakatga valyuta oqimining kirib kelishi so‘m barqarorligiga yordam beradi. Biroq, uning mustahkamlanishi import tovarlarining arzonlashishiga ta’sir qilmasligi mumkin. Yil oxiri bilan dollar kursi 12 700−12 800 so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Tadqiqot: O‘zbekiston onlayn ta’lim bozorida nimalar kuzatilmoqda?
Bozorning asosini 35 ta yirik edtech-kompaniyalari tashkil etib, ularning jami daromadi 118 mlrd so‘mga yetgan.
BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Sabine Mahl tavsiya qilgan 5 ta kitob
Kitoblar orqali inson nafaqat bilim oladi, balki boshqa jamiyat, madaniyat va qarashlarni ham tushunishga o‘rganadi, deydi Sabine Mahl. BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori yetti yoshidan boshlab mutolaani odatga aylantirgan va hozir ham buni hayotining ajralmas qismidek ko‘radi.
“Elektr energiyasidagi uzilishlar odatiy me’yorga aylanyapti” — biznes elektr ta’minoti sifati haqida
Spot tadbirkorlar bilan tariflar oshganidan keyin elektr energiyasini yetkazib berish qanday o‘zgargani va uning uzluksizligini ta’minlash uchun biznes nimalarga tayyorligi borasida suhbatlashdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Endi banklar top-300 xorijiy OTMlarga kirganlarga $20 minggacha imtiyozli ta’lim krediti ajratadi.
Joriy yilda jami $118 mlrdlik loyihalarni amalga oshirish hamda 800 mingga yaqin ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilmoqda. - Ijtimoiy nafaqalar fuqarolar roziligisiz kredit qarzdorligi uchun yechib olinmasligi kerak — Markaziy bank.
Regulyator buni insofsiz amaliyot sifatida baholab, kredit tashkilotlarini pullarning ruxsatsiz yechib olinishini to‘xtatishga chaqirdi. - O‘zbekistonda go‘shtga bo‘lgan talab qanday qoplanadi? Rasmiylar izoh berdi.
Senator mamlakatda dastlabki to‘rt oyda qo‘y go‘shti 15,2%, mol go‘shti esa 14,6% ga qimmatlashgani, bu o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 32,3% va 30,5% ni tashkil etganini ma’lum qildi. Mutasaddilar talabni qondirish va narxlar barqarorligi uchun qanday choralar amalga oshirilishini tushuntirdi. - Anorbank aksiyadori Qahramonjon Olimov Parijda o‘g‘irlab ketildi.
Le Monde nashrining yozishicha, o‘zbekistonlik bankir Nitsaga olib ketilib, u yerda kaltaklangan va tahdidga uchragan. Ikki kundan keyin esa uni ozod qilishgan. - O‘zbekiston Nvidia chiplaridagi kichik GPU-klasterini ishga tushirdi, yil oxirigacha yirik klaster ham joriy etiladi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning ma’lum qilishicha, infratuzilma sun’iy intellekt loyihalarida, birinchi navbatda, sog‘liqni saqlash sohasida foydalaniladi. - Iyuldan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi.
Kompaniyalar yillik daromadi 100 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan soliqlarni ushlab qolib, Soliq qo‘mitasiga yo‘naltiradi. - “Bu korporativ xususiyatga ega emas” — Anorbank Qahramonjon Olimovning Parijda o‘g‘irlab ketilishi haqida.
Raqamli bank ushbu holat operatsion faoliyatga aloqador emasligini, ishlar odatdagi tartibda davom etayotganini ma’lum qildi. - Har uchinchi ishlaydigan o‘zbekistonlik kamida bitta kreditga ega — Markaziy bank.
2020-yildan boshlab uch va undan ortiq kreditga ega bo‘lgan qarz oluvchilarning ulushi ikki baravarga — umumiy miqdorning 5%idan 11%igacha oshgan. - O‘zbekiston Kaspiy dengizida o‘z paromlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda — Transport vaziri.
Ilhom Mahkamov Ozarbayjon O‘zbekistondan konteyner temir yo‘l tashuvlari uchun imtiyozli tarifni 2026-yilgacha uzaytirganini ma’lum qildi. - “Qishga tayyorgarlik va issiq vaqtdagi avariyalar” — HET elektr energiyasidagi uzilishlar haqida.
Davlat kompaniyasi e’tirozlardan keyin rejaviy o‘chishlar haqida fuqarolarni xabardor qilishni yanada kuchaytirishga va’da berdi.