Raqobat qo‘mitasi 29 ta mutlaq huquqqa ega korxonalarni tovar va moliya bozorlarida ustun mavqega ega o‘yinchilar sifatida e’tirof etdi.
“Raqobat to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq agar xo‘jalik yurituvchiga yoki shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq yoki eksklyuziv huquq berilgan bo‘lsa, ustun mavqega ega deb e’tirof etish belgilangan.
Eksklyuziv huquqlar va ustun mavqega ega kompaniyalar qatoriga 4 ta xususiy kompaniya, 15 ta davlat korxonasi va 10 ta davlat muassasasi kiritilgan. Ularga jami 40 ta eksklyuziv huquq to‘g‘ri keladi.
Nazorat qiluvchi organ ro‘yxatga quyidagi korxonalarni kiritdi:
Nomi | Eksklyuziv huquq |
CRPT Turon |
|
Smart Marketplace | Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida marketpleysda tovarlarni sotib olish va sotish bo‘yicha axborot xizmatlari |
To’palang HPD Holding | O‘zbekgidroenergo obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish |
Unicon-Soft | Idoralararo edo.ijro.uz va ijro.gov.uz platformalarini boshqarish |
Uzinfocom | Raqamli sog‘liqni saqlash platformasini boshqarish; Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalaridan gazni hisobga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash. |
O‘zagrosug‘urta | Sudyalar hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish |
O‘zbekekspertiza | Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni sertifikatlash |
Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi | Davlat sektori korxonalari tomonidan moliyalashtiriladigan sport tadbirlariga chiptalar xarid qilish va joylashtirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish |
Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi | Joylashtirish vositalarini, tog‘ chang‘isi trassalarini, plyajlarni o‘z ichiga olgan obyektlarni tasniflash va ularga toifalar berish |
Sharq nashriyoti | Xizmat guvohnomalari blankalarini chop etish |
O‘zbek geologiya qidiruv | Foydali qazilmalarni kompleks geologik-qidiruv ishlari |
O‘zbekgeofizika | Uglevodorodlarni geologiya-qidiruv va seysoqidiruv |
O‘zGASHLITI |
|
ГУП Soliq-Servis | O‘zbekistonda sotib olingan tovarlar uchun chet elliklarga QQSni qaytarish tizimini boshqarish (tax free) |
Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi | Texnik xizmat ko‘rsatish markazlariga fiskal modullarni taqdim etish va ularni boshqarish |
To‘liq ro‘yxat bilan havola orqali tanishish mumkin.
Avvalroq Raqobat qo‘mitasi reklamadagi qoidabuzarliklar uchun 17 ta kompaniyaga jarima solgani haqida xabar berilgandi.