36 yillik tajribaga ega rekruter Sem Struan samarali rezyume tuzishning asosiy jihatlarini baham ko‘rdi. Bu haqda Business Insider nashri xabar berdi.
U o‘z faoliyati davomida 700 dan ortiq hujjat yozishga ko‘maklashgan va ish izlovchilar uchun beshta muhim tavsiyani ajratib ko‘rsatgan.
Universal rezyume yozmaslik
Bir nechta o‘xshash vakansiyalarga “universal” rezyume yozmang — HR mutaxassislari o‘z sohasining professsionalini izlaydi va aniq bir vakansiyani to‘ldirmoqchi bo‘ladi. Tavsiflanadigan funksional qanchalik keng bo‘lsa, sizga qiziqish shunchalik kam bo‘ladi.
Qoliplardan qochish
Masalan, “stressga bardoshlilik” va “jamoada ishlash qobiliyati” haqidagi shablon so‘zlar endi ta’sir qilmaydi. Aniq misollar, raqamlar va holatlarni keltiring.
Tajribangiz haqida yozing
Kutilayotgan majburiyatlarni emas, balki erishgan yutuqlaringizni sanab o‘tishdan boshlang — ish beruvchilarni birinchi navbatda sizning tajribangiz qiziqtiradi.
Sodda rezyume qiling
Rezyumeni rasmiylashtirishni iloji boricha soddalashtiring — rekruterlar murakkab dizaynni yoqtirmaydi. Rezyumeni o‘qishli va tushunarli qiling.
Rezyume insho emas
Rezyume — o‘zingiz haqingizda insho emas. Shuning uchun uni tarjimai hol yozuvchi emas, marketolog sifatida rasmiylashtiring. Sizning vazifangiz — o‘zingizni “sotish”.Avvalroq Spot ish izlovchilar rezyumesida eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar haqida yozgandi.
Bunga grammatikaga ahamiyat bermaslik, ma’lumotlarni noto‘g‘ri keltirish, ish tajribasi va ko‘nikmalarni yozishdagi hamda fotosurat tanlashdagi kamchiliklar kiradi.