Yil boshidan buyon O‘zbekiston avtomobil bozorida barqaror faollik saqlanmoqda, mavsumiy savdoning pasayishiga qaramay, iyun oyida birlamchi bozorda savdolarning o‘rtacha tiklanishi qayd etildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida keltirilgan.

Joriy yil may oyiga nisbatan iyun oyida yengil avtomobillar savdosi hajmi 3%ko‘proqqa oshgan bo‘lib, bu 80 mingta avtomobil birligiga to‘g‘ri keladi.

Yoz boshida kuzatilgan muayyan darajadagi tiklanishga qaramay, joriy yilning birinchi olti oyi davomida yengil avtomobillar savdosining jami hajmi taxminan 446 ming donadan iborat bo‘ldi, bu esa 2024-yilning shu davriga nisbatan 23%ga kamdir.

Bunday pasayish, asosan, savdolarning katta qismi to‘g‘ri keladigan ikkilamchi bozordagi faollikning susayishi bilan izohlanadi va aynan shu omil umumiy bozor faoliyati pasayishining asosiy sababi bo‘ldi.

avtomobil bozori, itim, tahlil

Birlamchi avtomobil bozori

Birlamchi yengil avtomobillar bozorida savdolar o‘tgan oyga nisbatan 10%dan ziyodga oshib, 2,6 mingta avtomobilga ko‘paydi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi esa 23,7 ming donaga yetdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 15,6%ga o‘sganini ko‘rsatadi.

Yangi xorijiy yengil avtomobillari segmentida salbiy dinamika kuzatildi — oylik savdo hajmi taxminan 4 ming donani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 12,6%ga kamaygan.

avtomobil bozori, itim, tahlil

Ikkilamchi avtomobil bozori

Iyun oyida 52 ming donadan ortiq foydalanilgan yengil avtomobillar sotildi, bu may oyiga nisbatan atigi 0,4%ga kam, ikkilamchi bozorda yillik o‘sish 1,3%ni tashkil etdi.

Elektromobil bozori

Iyun oyida yengil elektromobillar savdosi 5,1 ming donaga yetdi, bu may oyiga nisbatan 1,7%ga kam. Oylik biroz kamayishga qaramay, yillik ko‘rsatkichlarda bozor barqaror dinamikani namoyon etmoqda.

Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, sotilgan elektromobillar hajmi 28,8 ming donaga yetdi, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62,6%ga ko‘pdir.

Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi Sirdaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etildi.