PepsiCo kuzda o‘z brendi ostida prebiotik kola ishlab chiqarishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qildi.
Pepsi Prebiotic Cola 20 yil ichida mashhur gazli ichimlik tarkibidagi birinchi innovatsion o‘zgarish bo‘ladi: unga funksional tarkibiy qism — 3 gramm prebiotik kletchatka qo‘shildi, deyiladi kompaniya press-relizida.
Qayd etilishicha, kompaniyaning mazkur yangiligi orqali ichimlik tarkibidagi makkajo‘xori sharbati qamish shakarining o‘rnini bosadi.
“Bu innovatsion mahsulot tarkibida 5 gramm qamish shakari bor, 30 kaloriyaga ega va sun’iy tatimlovchilarni o‘z ichiga olmaydi. U Pepsining klassik yangi ta’mini saqlagan holda, funksional tarkibiy qism — 3 gramm prebiotik tolani o‘z ichiga oladi”, — deb ta’kidlanadi PepsiCo xabarida. AQShda klassik Pepsi makkajo‘xori siropi bilan shirinlashtirilgan.
So‘nggi yigirma yil ichida AQShda gazlangan ichimliklar iste’moli umuman kamaydi, ammo Poppi va Olipop kabi prebiotik gazlangan ichimliklar so‘nggi besh yil ichida o‘z sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qiluvchi iste’molchilar orasida mashhurlikka erishdi — prebiotiklar ichimlik ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, ichaklar uchun foydalidir, deb xabar beradi CNBC.
To‘rt oy oldin PepsiCo Poppi kompaniyasini $1,95 mlrdga sotib olganini e’lon qildi, bitim may oyida yopildi. Yangi ichimlik tarkibida uch gramm prebiotik kletchatka mavjud — bu Poppi gazli ichimligidan bir gramm ko‘proq, ammo Olipopnikidan uch baravar kamroq.
Avvalroq O‘zbekistondagi Pepsi ishlab chiqaruvchisi Baraka Market tarmog‘ining 100% ulushiga egalik qilishi haqida xabar berilgandi.
Har ikkala kompaniya ham Holten Group Corpga aloqador bir xil yudirik shaxsga tegishlidir.