Migratsiya agentligi hamda Shimoliy Makedoniyaning Kouzon korporatsiyasi hamkorligida 250 ta bo‘sh ish o‘rni ochildi.
Quyidagi lavozimlar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rni taklif etiladi:
- kafe xodimi;
- ekipaj ovqatlanish zalida xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
- bosh ofitsiant;
- restoran menejeri;
- restoran nazoratchisi;
- ofitsiant;
- yordamchi ofitsiant.
Ish haqi lavozimga qarab oyiga 950 yevrodan 2100 yevrogacha bo‘ladi. Barcha xodimlar bilan shartnomalar 6 oyga tuziladi.
Talabgorlarning yoshi 21 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi kerak. Minimal o‘rta ma’lumot, mehmonxona-restoran va xizmat ko‘rsatish sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi, shuningdek, ingliz tilini bilish isboti (IELTS 5,5 yoki boshqa xalqaro sertifikat) bo‘lishi shart.
Xodimlarga tibbiy sug‘urta taqdim etiladi. Bundan tashqari, ish beruvchi viza olish, transport, ovqatlanish va yashash xarajatlarini qoplaydi.
Ariza topshirish uchun ingliz tilida rezyume tuzish talab qilinadi. Unda qaysi korxonada ishlagani haqidagi ma’lumotlar, ishlagan vaqti, shuningdek, lavozim nomi va unga tegishli vazifalarni ko‘rsatish kerak.
Nomzodlarni ro‘yxatga olish Migratsiya agentligi saytida 31-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 ga qadar havola orqali amalga oshiriladi.
Avvalroq Spot Migratsiya agentligi Makedoniyaning Kouzon Corporation kompaniyasi bilan mehnat faoliyatini hamkorlikda tashkillashtirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolagani haqida yozgandi.