Kredit olishga o‘zini-o‘zi taqiqlash nima va uni qanday rasmiylashtirish mumkin?

O‘zbekistonda fuqarolar o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishiga onlayn taqiq qo‘yish bo‘yicha xizmat ishga tushirildi. Spot bu nima uchun kerakligi, qanday ishlashi, shuningdek, xizmatdan qanday foydalanish mumkinligi haqidagi qo‘llanmani taqdim etadi.

hafta yakuni, yangiliklar


Yarim yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,2% ga o‘sdi, aholi daromadlarining o‘sishi 9,5% gacha pasaydi

Birinchi yarim yillikda sanoat ishlab chiqarishi va inflyatsiyaning o‘sish sur’atlari sezilarli darajada pasaydi.

hafta yakuni, yangiliklar


Qozog‘istonning Halyk Banki Click’ning 49% aksiyasini $176,4 mlnga sotib oladi

Shartnomaga ko‘ra, bank Click aksiyadorlariga O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi Tenge Bank aksiyalarining 49%ini $60,76 mlnga sotadi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8% gacha pasaydi

Bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlarni taqdim etmaganlik uchun ish beruvchilarni jarimaga tortmaslik, ishga qabul qilish qarorini ularga qoldirish taklif qilinmoqda.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar 5,5 mln nafardan oshdi.
    Qayd etilishicha, fuqarolar eng ko‘p maishiy xizmatlar, qishloq xo‘jaligi xizmatlari hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zini o‘zi band qilgan.
  2. O‘zbekneftgaz 2025-yil sentabrdan AI-80 benzinini ishlab chiqarishni to‘xtatadi.
    Davlat kompaniyasi yuqori oktanli yoqilg‘i ishlab chiqarishni ko‘paytiradi va 2026-yildan boshlab AI-92 va AI-95 benzinini sotishga to‘liq o‘tadi.
  3. Pavel Durov Telegramda firibgarlar ustidan shikoyatlarni qabul qilishni boshladi.
    Messenjer foydalanuvchilari pullik xabarlar funksiyasi orqali firibgarlik va shantaj haqida messenjer asoschisining shaxsan o‘ziga shikoyat qilishlari mumkin.
  4. Bakalavriatura uchun qabul kvotalari belgilandi.
    Shuningdek, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha ayrim sohalar uchun maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi.
  5. AI-80 benzini narxining yuqori chegarasi yashirin bozorni kuchaytirdi — Raqobat qo‘mitasi
    Qayd etilishicha, AYQShlar har bir lot uchun $100−200 to‘lagan. Natijada yoqilg‘ining chakana narxi litri uchun 6500−7000 so‘mdan 8000−8500 so‘mgacha oshdi.
  6. Magistratura uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.
    Bundan tashqari, magistratura bosqichi uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati ma’lum qilindi.
  7. O‘zbekiston yil boshidan Rossiya va Turkmanistondan rekord miqdorda gaz import qildi.
    Birinchi yarim yillikda mamlakatning Xitoyga tabiiy gaz eksporti ikki baravarga oshib, $354,9 mlnni tashkil etdi.
  8. Yarim yilda O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar oqimi 7 mlndan oshdi.
    Amalga oshirilgan parvozlar soni o‘tgan yilga nisbatan 12% ga, Toshkent aeroportida esa 18% ga oshdi.
  9. O‘zbekistonliklar Uzum Market’dan Labubu xarid qilish uchun $110 ming sarflashdi.
    Marketpleysda birinchi o‘yinchoqlar may oyida paydo bo‘lgan va hozirda eng mashhur Labubu modeli allaqachon 900 dan ortiq buyurtmalarga ega.
  10. O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qariyb 6 mln so‘mni tashkil etdi.
    Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 10,1 mln so‘m bilan Toshkentga, eng past ko‘rsatkich esa 4,14 mln so‘m bilan Qashqadaryoga to‘g‘ri keldi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Freedom Broker uch soat ichida Agat Credit uchun 30 mlrd so‘m mablag‘ jalb etdi

Bitim investorlarning qat’iy daromadli obligatsiyalarga bo‘lgan ishonchini namoyon etdi. Kompaniyalar hamkorlikda uchinchi chiqarilishni tayyorlamoqda, Agat Credit esa O‘zbekiston bo‘ylab savdo shoxobchalarini kengaytirish rejasini tuzmoqda.


Octotelecom SMS-aloqa dunyosida ishonchli hamkorga aylanmoqda

Kompaniya tezkor SMS yuborish uchun texnologik platforma taklif qilmoqda va Mobile Ecosystem Forum’ga (MEF) qo‘shilish orqali xalqaro darajaga chiqmoqda.