Iyun oyi avvalida Raqobat qo‘mitasi Beeline‘ga tarif shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.
Qo‘mita matbuot xizmatining xabar berishicha, Unitel kompaniyasi (Beeline) tomonidan ushbu ko‘rsatma bajarildi.
Mobil aloqa operatori abonentlarga oylik abonent to‘lovi yechish vaqtida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, kunlik abonent to‘lovi avtomatik tarzda yechib olinishini bekor qilish imkoniyatini berishi shart ekanligi ko‘rsatilgan edi.
Endilikda kompaniya tomonidan “kunlik abonent to‘lovi rejimiga o‘tish” xizmatini boshqarish imkoniyati joriy etildi. Ushbu xizmat mavjud tarif rejalariga ulangan abonentlarga SMS xabarnoma yuborilib, xizmatni boshqarish usullari tushuntirildi.
Endi abonentlar kunlik abonent to‘lovi yechish xizmatini:
- USSD kod orqali;
- Hambi mobil ilovasi;
- kompaniyaning aloqa markazi;
- Savdo ofislari orqali o‘chirishi yoki faollashtirishi mumkin.
May oyida Spot Ucell ommaviy oferta talablariga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha o‘zgartirish kiritishiga to‘g‘ri kelgani haqida yozgandi. Iyul oyida esa Mobiuz Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan tarifni o‘zgartirish bilan bog‘liq cheklovni olib tashlagan edi.
Avvalroq Raqobat qo‘mitasi Allplay‘ni ustun mavqega ega deb topgandi.