O‘zbekistonlik tashuvchilar katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoydan yuk avtomobillari orqali tashishni boshladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Birinchi marta mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar hududidan tashilayotgan yuk modullari maxsus transport vositalarida Xitoydan Surxondaryo viloyatiga yetkazilmoqda.

Uskunalarning har birining og‘irligi 270 tonnadan ortiqni tashkil etadi hamda ular viloyatida qurilayotgan issiqlik elektr stansiyasi uchun ishlab chiqarilgan.

Yirik operatsiyalar loyihaviy yuk tashuvlari aniq belgilangan yo‘nalish bo‘yicha tegishli ruxsatnoma asosida amalga oshirilmoqda.

surxondaryo, transport vazirligi, xitoy, yuk tashuvchi, yuk tashuvlari

Vazirlik O‘zbekistonda katta hajmli va og‘ir vaznli nostandart yuklarni xalqaro yetkazib berishga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganini qayd etdi. Bunday yuklarga shikast yetkazmasdan qismlarga ajratish imkoniyati bo‘lmagan o‘ta og‘ir uskunalar, turli sanoat agregatlari, elektrostansiya qurilmalari, katta hajmli metall konstruksiyalar kiradi.

Iyun oyi avvalida O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonga yangi yo‘nalish bo‘yicha avtomobilda yuk tashuvini yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi. Keyinroq transport vaziri Ilhom Mahkamov O‘zbekistonda logistika masalalarini hal qilish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilishi haqida aytgandi.