“Sea Breeze uchun istisno bo‘lmasligi kerak” — biznes Chorvoqdagi loyiha haqida qanday fikrda?
Spot tog‘li hududlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ularning Sea Breeze loyihasi borasidagi fikrlari hamda tadbirkorlarning hududda duch kelayotgan muammolarini o‘rgandi.
Shaxsiy tajriba: Balida 10 kun yashash qanchaga tushadi?
Dekabr-yanvar oylarida Balida turistlar juda ham ko‘p bo‘ladi: ularning katta qismini avstraliyalik, xitoyliklarni tashkil qiladi. Spot jurnalisti 10 kun Balida bo‘lib, qaysi mehmonxonada qolish, qayerlarga borish va bu qanchaga tushishi mumkinligi haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekistonning oltin zaxirasi qiymat jihatidan rekordni yangilab, $38,68 mlrdgacha oshdi
Markaziy bankning xalqaro aktivlari bir oyda $193,7 mlnga oshib, $48,74 mlrdni tashkil etdi.
Buyuk Britaniyaning Chevening stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda
Unda o‘zbekistonliklar ham magistratura bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin. Dastur barcha xarajatlarni qoplaydi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- OTMlar $1 mlnlik loyihalar uchun kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi.
Oliy ta’lim muassasalarida investor buyurtmasi asosida tahsil olayotgan talabalar uchun ta’lim modullari yaratiladi. - O‘zbekistondagi kichik AESning birinchi betoni 2026-yil martida quyiladi — O‘zatom rahbari.
Bo‘lajak AES maydonida loyiha-qidiruv ishlari yakunlangach, kotlovan uchun yer qazish ishlari boshlandi. - Jennifer Lopesning Toshkentdagi konsertiga 25 mingta chipta sotildi, uning 67%ini xorijliklar xarid qilgan.
Chiptalar narxi 1 mln so‘mdan 4,2 mln so‘mgacha bo‘lgan. Potensial tushum esa 25−105 mlrd so‘m oralig‘ida baholanmoqda. - Endi ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi.
Ish beruvchilarga to‘siq bo‘layotgan javobgarlik choralari bekor qilinadi. - Abituriyentlar tanlagan 5 ta oliygohiga kirolmasa, boshqasida o‘qishi mumkin bo‘ladi.
Davlat rahbari abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlash imkonini berish — oliy taʼlimda katta sakrash bo‘lganini aytdi. - O‘zbekistonda gaz, issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun subsidiyalar ajratish 2029-yilgacha davom etadi.
2024-yil dekabr oyida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov 2028-yildan boshlab gaz va elektr energiyasini subsidiyalashni to‘xtatishga va’da bergan edi. - Toshkentning yangi xalqaro aeroporti Yangiyo‘l yaqinida quriladi.
Yangi havo porti uchun joy M-39 trassasi va bo‘lajak Toshkent-Samarqand pulli yo‘liga yaqinligini hisobga olgan holda tanlangan. - Meta, Apple va Google yetakchi. Xorijiy bigtex yarim yilda O‘zbekistonda qancha soliq to‘ladi?
Joriy yilning birinchi yarmida xorijiy IT-kompaniyalar tomonidan to‘langan soliqlar o‘tgan yilga nisbatan 42% ga o‘sib, 78,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. - Toshkent bozorlarida arzonlashtirilgan narxlarda go‘sht sotilishi boshlandi.
Yangi savdo rastalarida mahalliy, shuningdek, Belarus, Mo‘g‘uliston hamda Hindistondan keltirilgan mahsulotlar sotilmoqda. - Sun’iy intellekt tufayli insoniyatning yo‘q bo‘lib ketish xavfi 95% deb baholanmoqda.
Google va Microsoft sobiq muhandisi Neyt Soaresning qayd etishicha, sun’iy intellekt hozirgi sur’atda rivojlanishda davom etsa, bunday yuqori ko‘rsatkich saqlanib qoladi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
IT Park University’ning ilk bitiruvchilari: katta IT hayotga qadam
30-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida IT Park University’ning birinchi bitiruv tadbiri — universitet tarixida yangi sahifa ochadigan voqea bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda UzVC startaplarini rivojlantirish dasturi ishga tushirilmoqda
Akseleratsiya dasturi mahalliy startaplar uchun Kremniy vodiysining (Silicon Valley) yaxshi amaliyotlarini birlashtiradi.