Zodac va Edem dori vositalarining kontrafakt nusxalari aniqlandi, deb xabar berdi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlik tomonidan Opella Healthcare (Fransiya) va Farmak (Ukraina) kompaniyalarining murojaatlariga asosan 3 nafar tadbirkor faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazildi.

Unda Zodac brendi ostida soxta 1000 dona, Edem brendi ostida ikki tadbirkor tomonidan umumiy 1950 dona kontrafakt BFQlar ishlab chiqarilganligi aniqlandi. Saqlovda esa 91 quti qolgan.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan mazkur tadbirkorlarga nisbatan BHMning 200 baravari (82,4 mln so‘m) miqdorida jarimalar qo‘llanildi.

Biologik faol qo‘shimchalar — da‘volash xususiyatiga ega bo‘lmagan minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, o‘simlik ekstraktlari, to‘yinmagan yog‘li kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan tabiiy komplekslar hisoblanadi.

Avvalroq Uzum nomidan noqonuniy foydalangan restoran 94 mln so‘m to‘lashi haqida xabar berilgandi.